https://oz.sputniknews.uz/20230501/xitoy-kurash-boyicha-chempionat-34505274.html
Xitoydagi kurash bo‘yicha chempionatda o‘zbekistonliklar qanday natijalarga ega chiqdi?
Xitoydagi kurash bo‘yicha chempionatda o‘zbekistonliklar qanday natijalarga ega chiqdi?
Sputnik O‘zbekiston
Chempionatda O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Kurash: World Series Pro” turnirida o‘zbekistonlik kurashchi Artom Shturbabin g‘alaba bilan sovringa ega chiqdi.
2023-05-01T12:54+0500
2023-05-01T12:54+0500
2023-05-01T12:54+0500
sport
xitoy
kurash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/01/34505031_0:0:1024:577_1920x0_80_0_0_4413e4f129d09a28f03e8d80a258c856.png
TOShKENT, 1-may — Sputnik. 30-aprel kuni Xitoyning Xanchjou shahridagi kurash bo‘yicha qit’a chempionati yakunlandi. Unda Muhsin Hisomiddinov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda IKA xabar berdi.Mutloq vazn toifasida 5 karra jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, 2 karra Osiyo chempioni Muhsin Hisomiddinov raqibi sambo bo‘yicha Jahon chempioni qirg‘izistonlik Bekbolot Toktogonovni mag‘lub etdi.Kurash bo‘yicha Jahon chempioni, Osiyo chempioni, 2022-yilda “Dunyoning eng yaxshi Kurashchisi” deya e’tirof etilgan o‘zbekistonlik Umid Esanov kumush medal bilan taqdirlandi.Artom Shturbabin 2022-yilda -66 kg vazn toifasida Osiyo va Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Prezident turniridan tashqari chempionatda ham ishtirok etdi.U final bahsida eronlik Majid Vahidni sof g‘alaba evaziga mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.O‘zbekistondan yana 10 ga yaqin kurashchilar faxrli o‘rinlar bilan qaytishdi. Ular orasida Javohir Mirzamurodov, Ibodatxon Og‘ajonova, Marjona Ro‘ziyeva, Abdulaziz Hamroyev va boshqalar bor.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/01/34505031_13:0:924:683_1920x0_80_0_0_3c292c6b5334414117e2f941c99654aa.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
xitoy kurash chempionat
Xitoydagi kurash bo‘yicha chempionatda o‘zbekistonliklar qanday natijalarga ega chiqdi?
Chempionatda O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Kurash: World Series Pro” turnirida o‘zbekistonlik kurashchi Artom Shturbabin g‘alaba bilan sovringa ega chiqdi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. 30 aprel kuni Xitoyning Xanchjou shahridagi kurash bo‘yicha qit’a chempionati yakunlandi. Unda Muhsin Hisomiddinov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda IKA
xabar berdi. Mutloq vazn toifasida 5 karra jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, 2 karra Osiyo chempioni Muhsin Hisomiddinov raqibi sambo bo‘yicha Jahon chempioni qirg‘izistonlik Bekbolot Toktogonovni mag‘lub etdi.
Kurash bo‘yicha Jahon chempioni, Osiyo chempioni, 2022-yilda “Dunyoning eng yaxshi Kurashchisi” deya e’tirof etilgan o‘zbekistonlik Umid Esanov kumush medal bilan taqdirlandi.
Chempionatda O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan “Kurash: World Series Pro” turnirida o‘zbekistonlik kurashchi Artom Shturbabin g‘alaba bilan sovringa ega chiqdi.
Artom Shturbabin 2022-yilda -66 kg vazn toifasida Osiyo va Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Prezident turniridan tashqari chempionatda ham ishtirok etdi.
U final bahsida eronlik Majid Vahidni sof g‘alaba evaziga mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistondan yana 10 ga yaqin kurashchilar faxrli o‘rinlar bilan qaytishdi. Ular orasida Javohir Mirzamurodov, Ibodatxon Og‘ajonova, Marjona Ro‘ziyeva, Abdulaziz Hamroyev va boshqalar bor.