Muddatidan oldigi prezident saylovida jami 19,5 milliondan ortiq fuqarolar ishtirok etishi kutilmoqda.
Saylovchilar ovoz berish uchun O‘zbekiston bo‘yicha jami 10 784 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Ular 14 ta saylov okrugiga biriktirildi. Ularning faoliyatini 266 nafar saylov komissiyasi a’zosi nazorat qilib boradi.

Bundan tashqari ayni damda xorijda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun dunyoning 39 ta davlatida 56 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.
Rossiyaning 7 ta shahrida saylov uchastkalari tuzilgan. Ular O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi, Sankt-Peterburg, Rostov-Don, Yekaterinburg, Qozon, Novosibirsk, Vladivostokdagi bosh konsulxonalarida tashkil etilgan.
Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 8:00da ochilib, 20:00da yopiladi. MSK saylovning dastlabki natijalarini 10-iyul kuni e’lon qilishga va’da bermoqda.