Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi boshlandi

© press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstupil v doljnost Prezidenta Respubliki Uzbekistan
Shavkat Mirziyoyev vstupil v doljnost Prezidenta Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyada qasamodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Bugun Oliy Majlis Senatida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti lavozimiga kirishish marosimi (inauguratsiya) bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Qayd etilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining O‘zbekiston saylangan prezidentining lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi majlisi boshlandi.
Tantanali marosimni "O`zbekiston 24" telekanalida va davlat rahbarining rasmiy sahifalari orqali jonli efirda tomosha qilish mukin.
Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda saylovchilarning 87,05 foiz ovozini olgan Shavkat Mirziyoyev g‘alaba qozondi. Prezident saylovida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 15,6 milliondan ziyodi yoki qariyb 80 foizi qatnashdi.
Yangiliklar lentasi
0