"Men bunda yaxshi narsa ko‘rmayapman" — Putin Ukrainaning NATOga kirishi mumkinligi haqida

© Sputnik / Gavriil Grigorov / Mediabankka o‘tish Rossiya prezidenti Vladimir Putin
 Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi rahbarining Ukrainaning NATOga qo‘shilishi Rossiya xavfsizligiga tahdid solishi, shuningdek, bu xalqaro maydonda qo‘shimcha keskinlikka olib kelishiga ishonchi komil.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Ukrainaning NATOga qo‘shilishi Rossiya Federatsiyasi uchun xavfsizlikka tahdidlarni keltirib chiqaradi va Ukrainaning o‘z xavfsizligini oshirmaydi. Bu haqda Vladimir Putin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Ukrainaning NATOga a’zoligiga kelsak, biz bu haqda bir necha bor gapirganmiz, bu Rossiya xavfsizligiga tahdid soladi. Shubhasiz. Va, aslida, maxsus harbiy operatsiyaning sabablaridan biri - Ukrainaning NATOga qo‘shilish xavfi bo‘lgan edi.

Ishonchim komilki, bu Ukrainaning o‘z xavfsizligini oshirmaydi. Va umuman olganda, bu dunyoni ancha zaiflashtiradi va xalqaro maydonda qo‘shimcha keskinlikka olib keladi”, — dedi Rossiya prezidenti Vilnyusdagi NATO sammiti natijalarini sharhlar ekan.

"Shuning uchun men bunda yaxshi narsa ko‘rmayapman", deya qo‘shimcha qildi u. Putin, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining bu boradagi pozitsiyasi hammaga ma’lum ekanini eslatdi.
Yangiliklar lentasi
0