AQSh Ukrainaga yetkazib beradigan tanklardan nimalarni yechib oladi?

Obuna bo‘lish
AQSh Ukrainaga texnik xarakteristikalari pasaytirilgan va muhim jihozlari yechib olingan Abrams M1A1 tanklari yetkazib beradi.
Tashqi ko‘rinishi o‘xshash, lekin .... Amerikaliklar Ukrainaga texnik xarakteristikalari pasaytirilgan M1A1 Abrams tanklari birinchi batalonini yetkazib berishni ma’qulladi.
Pentagon Ukrainaga yetkazib berilayotgan partiya "maxsus modernizatsiya" dan o‘tganini tasdiqladi - ulardan barcha "maxfiy jihozlar" yechib olinadi.

Xususan, tanklar FBCB2 qo‘shinlarini boshqarish tizimi, komandir va haydovchi uchun panoramik termal tasvirli nishonga olish tizimi, ikki tekislikda stabilizatsiyalangan nishonga olish tizimi va tankning oldi qismdagi uranli zirh plastinalari yechib olinadi.

"Yarimjon" tanklarning birinchi partiyasi Ukrainaga kuzgacha yetib keladi, dedi AQSh armiyasini sotib olish bo‘yicha boshlig‘i Dug Bush CNN telekanaliga.
AQSh qo‘mondonligi izohiga ko‘ra, ular o‘z tanklari ukrainaliklar tomonidan jang maydonida shunchaki tashlab ketishidan xavotirda.
Yangiliklar lentasi
0