Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi — u haqida nimalar ma’lum?

© Sputnik/Abdubakir YunusovIchki ishlar vazirligi
Ichki ishlar vazirligi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2023
Obuna bo‘lish
Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i ichki ishlar vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi, deya xabar berdi Ichki ishlar vazirligi.
Prezidentning qaroriga asosan general-mayor Davron Nazarmuhamedov ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Ma’naviy - ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
© MVDIchki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Naznachen noviy zamministra MVD - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2023
Ichki ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Tayinlovga qadar Nazarmuhamedov Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Mehnat faoliyati:
1992—1996 — O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi (IIV) akademiyasi tinglovchisi;
1996—1998 — Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili;
1998—1999 — Sobir Rahimov tumani ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurash bo‘limi tezkor vakili;
1999—2002 — Shayxontohur tumani ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta tezkor vakili;
2002—2006 — Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi terrorizmga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, boshlig‘i;
2006—2010 — O‘zbekiston IIV jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;
2010—2014 — IIV jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari;
2014—2014 — O‘zbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat maslahatchisining o‘rinbosari;
2014—2015 — O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i;
2015—2017 — O‘zbekiston prezidentining kadrlar siyosati bo‘yicha davlat maslahatchisi;
2017—2019 — O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshlig‘i;
2019—2023 — Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i.
2017 yil 14-yanvarda general-mayor unvoni berilgan.
Ma’naviy - ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamentiga bevosita bo‘ysunuvchi xizmatlar:
Kadrlar bilan ta’minlash xizmati;
Ma’naviy – ma’rifiy ishlar xizmati;
Jismoniy va jangovar tayyorgarlikni tashkil etish boshqarmasi;
Tashkiliy-shtat ishlari boshqarmasi;
Ta’lim jarayonini tashkil etish boshqarmasi;
IIV akademiyasi;
IIV akademik litseylari;
IIV malaka oshirish instituti;
"Temurbeklar maktabi" nukus harbiy-akademik litseyi;
IIV ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
IIV sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan OZM;
"Dinamo" jismoniy tarbiya - sport jamiyati - kengashi ijroiya apparati;
Tibbiyot boshqarmasi;
"Jar" sport-sog‘lomlashtirish majmuasi.
Yangiliklar lentasi
0