O‘zbekistonda avtomobilga raqam sotib olish narxi qimmatlashadi

© Sputnik / Aktan TemirkanovToshkentdagi avtomobil yo‘llar
Toshkentdagi avtomobil yo‘llar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2023
Obuna bo‘lish
Kuzda avtotransport vositalariga raqam olish narxi 3,5 baravarga oshiriladi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgartirish kiritildi.Tegishli hujjat ichki ishlar vaziri tomonidan imzolandi.
Hujjat bilan davlat raqami belgilari va qat’iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan to‘lovlar stavkalariga o‘zgardi.
Avtomobil nomeridagi harflar nimani anglatadi?
2023 yil 1-noyabrdan to‘lov stavkalari quyidagi miqdorda belgilandi:
Avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (RO‘DRB) uchun – BHMning 3,5 baravari (1 155 000so‘m) miqdorida;
Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga RO‘DRB uchun – BHMning 1,75 baravari (577 500 so‘m) miqdorida;
Tranzit RO‘DRB uchun – BHMning 25 foizi (82 500 so‘m) miqdorida;
Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun – BHMning 3,5 baravari (1 155 000 so‘m) miqdorida;
Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun – BHMning 1,75 baravari (577 500 so‘m) miqdorida.
Shuningdek:
yo‘qotilgan bir dona yoki bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi bir juft RO‘DRB berish uchun BHMning 3,5 baravari (1 mln 155 ming so‘m) miqdorida undiriladi;
yo‘qotilgan bir dona RO‘DRB (mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalar (yarim tirkamalar) uchun) o‘rniga yangi bir dona RO‘DRB berish uchun BHMning 1,75 baravari (577,5 ming so‘m) miqdorida undiriladi;
RO‘DRBni 12 oy muddatdan so‘ng yana bir yil muddatga saqlaganlik uchun BHMning 1 baravari (330 ming so‘m) miqdorida undiriladi.
Ma’lumot uchun, hozirda avtotransport vositalariga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari (RO‘DRB) uchun BHMning 1,5 baravari miqdorida to‘lov qilinadi. Mototransport vositalari, motorollerlar va tirkamalarga RO‘DRB uchun BHMning 75 baravari miqdorida to‘lov amalga oshirilmoqda.
Tranzit RO‘DRB uchun to‘lov miqdori o‘zgarishsiz qoldi. Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir juft RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun BHMning 1 baravari, yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bir dona RO‘DRB o‘rniga yangi RO‘DRB berish uchun esa BHMning 50 baravari miqdorida to‘lov belgilangan.
Territorialnie kodi avtomobilnix nomerov infografika zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2023
Davlat raqamining yangi hududiy kodlari qanday taqsimlanadi?
Yangiliklar lentasi
0