Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Bola nega ayrim so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qiladi — dislaliya kasalligi haqida bilasizmi?

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishMaktab o‘quvchisi
Maktab o‘quvchisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2023
Obuna bo‘lish
Dislaliya – nutq buzilishining keng tarqalgan turi bo‘lib, bunda kichik yoshli o‘g‘il-qizlar ayrim tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmaydi.
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Bola ulg‘aygani sari nutqi ham parallel rivojlanib boradi. Biroq hamma “tili chiqqan” kichkintoylar ham barcha so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmaydi.Bu qandayomillar bilanbog‘liq? Ushbu savolga tibbiyot fanlari doktori Abduazim Yuldashev javob berdi, deb yozmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
“Shaxsning har tomonlama to‘g‘ri rivojlanishida nutq benuqsonligining ahamiyati katta. Biroq doim ham bunday bo‘lavermaydi. Ko‘pincha kichik yoshdagi bolalar orasida nutq buzilishi bilan bog‘liq muammolar uchraydi. Bunga asosan tashqi omillar yoki ota-onalarning e’tiborsizligi sabab bo‘lishi mumkin”, - deydi mutaxassis.
Dislaliya – nutq buzilishining keng tarqalgan turi bo‘lib, bunda kichik yoshli o‘g‘il-qizlar ayrim tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qila olmaydi. Yoki bir tovushni ikkinchisiga almashtirib, ba’zida uni o‘tkazib yuboradi.
Asosan 3-4 yoshli kichkintoylarda uchraydigan bu kabi nutq buzilishida bola o‘z istaklarini to‘liq va aniq bayon eta olsa-da, ba’zi so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qiladi. Masalan “mashina” so‘zini “matina”, “shirinlik” so‘zini esa “tirinlik” deb aytishi mumkin.
Dislaliyaning 2 xil – funksional va mexanik turlari bor. Mexanik turiga asosan bola og‘zidagi nutq apparatida kamchiliklar, tanglayning tartibsiz tuzilishi, qalin lablar sabab bo‘ladi.
Funksional dislaliyani esa bolaning o‘tkir kasalliklar boshdan kechirganligi, oilada ikki tilda so‘zlashish, farzand nutqini noto‘g‘ri tarbiyalash, u bilan kam suhbatlashish, kichkintoy bilan gaplashganda so‘zlarni “bolalarcha” talaffuz qilish va unda fonemik eshitishning yaxshi rivojlanmaganligi kabi omillar keltirib chiqaradi.
Mexanik dislaliya tashxisi qo‘yilgan bolani ortodont va logoped mutaxassislar birgalikda davolashi lozim. Buning uchun kichkintoyga og‘iz orqali bajariladigan maxsus mashg‘ulotlar tavsiya etiladi. Ayrim vaqtlarda esa shifokor ko‘rsatmasi bilan jarrohlik amaliyoti qo‘llaniladi.
Funksional dislaliya 5 yoshgacha davolanmaydi. Agar bola shu davrga qadar ba’zi so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilayotgan bo‘lsa, u bilan to‘g‘ri va ravon so‘zlashish orqali muammoni bartaraf etish mumkin. Bunda kichkintoyga she’r yodlatish, qo‘shiqlar eshittirish yaxshi foyda beradi. Biroq bola 5 yoshga to‘lgach ham “quyosh” so‘zini “quyos” deyayotgan bo‘lsa, uni, albatta, shifokorga ko‘rsatish zarur.
Mutaxassisga ko‘ra, mazkur holatda logoped jajji bemorga og‘iz mashg‘ulotlarini o‘rgatish va talaffuz qila olmayotgan tovushlarni to‘g‘ri aytishga ko‘maklashadi. Ya’ni maxsus logopedik yo‘llar bilan bu tovushlarni kichkintoy nutqida mustahkamlaydi.
Shuningdek, bola nutqini rivojlantirishda og‘iz mushaklarini kuchaytirish yaxshi samara beradi. Buning uchun kichkintoyga sabzi, olma, qotgan non yoki turshak kabi yeguliklardan berib turilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi.
Yangiliklar lentasi
0