O‘zbekistondagi eng yirik gaz omborining hajmi ikki baravar oshiriladi

© Press-slujba "Uzbekneftegaza"Gazopererabativayushiy zavod v Gazli. Arxivnoe foto
Gazopererabativayushiy zavod v Gazli. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2023
Obuna bo‘lish
2025 yilga qadar Gazli yer osti gaz ombori hajmi 6 milliard kub metrgacha kengaytiriladi.
TOShKENT, 21 avg — Sputnik. "Gazli Gaz Storage" MChJ O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi 2025-yilga borib Buxoro viloyatidagi O‘zbekistondagi eng yirik yer osti gaz ombori "Gazli" quvvatini ikki barobarga oshiradi, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.
Umumiy qiymati 850 million dollarga teng bo‘lgan loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi.
2020-2025 yillarga mo‘ljallangan birinchi bosqichda omborxona mavjud 3 milliard kub metr tabiiy gazdan 6 milliard kub metrgacha kengaytiriladi, deydi qo‘shma korxona bosh muhandisi Muhammad Saidazimov.
Ikkinchi bosqichda gaz saqlash quvvati 10 milliard kub metr gazga yetkaziladi.
2023 yilning oktabr oyiga qadar "Gazli" gaz omborida gaz va neft borligi bo‘yicha qo‘shimcha qidiruv ishlarini olib borish, so‘ngra konni qo‘shimcha o‘zlashtirish va yer osti omborini kengaytirish rejalashtirilgan.
Saidazimovning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mutaxassislar kuchaytiruvchi kompressor stansiyasini qurish ishlarini yakuniga yetkazgan. Bu kuz-qish mavsumida respublika gaz uzatish tizimida tabiiy gazning mavsumiy notekis sarflanishini qoplash imkonini beradi. Shuningdek, ular 70 dan ortiq yangi quduqlarni burg‘ulashdi, hozirda Gazli konidagi quduqlarning umumiy soni 352 tani tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev joriy yilning ikkinchi yarmida 30 milliard kub metr gaz qazib olish, yer osti gaz omborlari zaxiralarini kamida 3,5 milliard kub metrga yetkazish, kuz-qish davrida energiya tizimining barqarorligini ta’minlash uchun 41 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish vazifasini qo‘ygan edi.
"Gazli Gaz Storage" qo‘shma korxonasi O‘zbekiston prezidentining 2018-yil oktabrdagi qaroriga asosan Buxoro viloyatidagi “Gazli” YeOO inshootini rekonstruksiya qilish va foydalanishga topshirish loyihasini tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Qo‘shma korxonaning ta’sischilari "O‘ztransgaz" AJ va Rossiyaning "Forus" AJ hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0