Dengiz kuchlari yadroviy to‘xtatuvchi kuchlarining ajralmas qismiga aylanadi — Kim Chen In

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishShimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2023
Obuna bo‘lish
Kim Chen In: Koreya yarim orolining suvlari AQSh va boshqa kuchlarning harakatlari tufayli “yadro urushi xavfi bo‘lgan eng beqaror suvlar”ga aylangan.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Koreya xalq armiyasining dengiz kuchlari mamlakat yadroviy to‘xtatuvchi kuchlarining ajralmas qismiga aylanadi. Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti mamlakatning markaziy axborot agentligiga tayanib.
Qayd etilganidek, Shimoliy Koreya yetakchisi harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligiga tashrif buyurdi va mamlakat harbiy-dengiz kuchlari bayrami munosabati bilan tabrik nutqi so‘zladi.
“Davlat yadro kuchlarini qurish yo‘nalishida ko‘rsatilgan taktik yadro quroli bilan operatsiyalarni kengaytirish siyosatiga muvofiq turli xizmatlar bo‘linmalari yangi qurollar bilan jihozlanishini ta’kidlab, KXDR Harbiy-dengiz kuchlari strategik burchni bajarib, davlat yadroviy to‘xtatuvchining tarkibiy qismiga aylanishini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.
Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, Koreya yarim orolining suvlari AQSh va boshqa kuchlarning harakatlari tufayli “yadro urushi xavfi bo‘lgan eng beqaror suvlar”ga aylangan.
Yangiliklar lentasi
0