Travmatologiya va ortopediya markazida qanday noyob jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yilgan?

© Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2023
Obuna bo‘lish
Shu yil oxiriga qadar markazda kompyuter navigatsiyasi yordamida yirik bo‘g‘imlarni endoprotezlash va robotlashtirilgan jarrohlik texnikasini joriy etish ham rejalashtirilgan.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yiliga 3000 ga yaqin endoprotezlash va 3500 dan ziyod artroskopik operatsiyalar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, markazda yangi davolash usullarini yo‘lga qo‘yish doirasida tirsak bo‘g‘imi jarohatlarini endoprotez yoki plastinalar yordamida emas, balki Ilizarov usuli bilan tiklash yo‘lga qo‘yildi.
“Bu yerda O‘zbekistonda ilk bor 1 yoshu 4 oylik bolaning ortiqcha yarim tana umurtqasini olib tashlash jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. 2 nafar bemorda birinchi marta oshiq suyagining avaskulyar nekrozida mozaik xondroplastika, bir nafar fuqaroda chanoq-son bo‘g‘imi endoprotezlari nostabilligida hamda suyak defektida allosuyak yordamida nuqsonlarni to‘ldirish va endoprotezlash operatsiyalari bajarildi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, shuningdek, suyak sinishlarini davolashda bloklovchi osteosintez deb ataluvchi zamonaviy operatsiya usulidan foydalana boshlandi.
Ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya xizmatini aholiga yaqinlashtirish bo‘yicha murakkab amaliyotlar tumanlar darajasigacha tushirilmoqda.
Masalan, Andijon viloyatida ilk bor son suyagi boshchasining aseptik nekrozida tunnelizatsiya va PRP-terapiya yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti bajarildi. Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 3, Qo‘qon shahrida 8, Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida 2, Buxoro viloyatining Kogon va Buxoro tumanlarida 4 nafar bemorda esa chanoq-son bo‘g‘imini endoprotezlash muolajasi yo‘lga qo‘yildi.
“Shifo maskanida o‘zlashtirilgan yana bir zamonaviy muolaja turi — bu tug‘ma maymoqlikni Ponseti usuli bilan davolashdir. Ushbu muolaja, avvalo, kaminvazivligi bilan ajralib turadi. Bunda bemor qisqa vaqtda va asoratsiz tuzaladi”, - deyiladi xabarda.
Markazda bir qancha yangi bo‘limlar ham ochildi. Xususan, qo‘l va oyoq panjasi xirurgiyasi bo‘limi, ikkinchi artroskopiya bo‘limi, alohida reabilitatsiya bo‘limi shular jumlasidan.
Shu yil oxiriga qadar markazda kompyuter navigatsiyasi yordamida yirik bo‘g‘imlarni endoprotezlash va robotlashtirilgan jarrohlik texnikasini joriy etish ham rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0