Lift xavfsizligi ustidan nazoratni kuchaytirish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishLift
Lift - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2023
Obuna bo‘lish
Respublikadagi barcha toifadagi lift va eskalatorlarni har yili kamida bir marotaba majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish belgilanmoqda.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘zbekistonda sanoat elektrotexnika mahsulotlaridan foydalanishda aholi xavfsizligini ta’minlash hamda bu mahsulotlar ustidan sifat nazorati kuchaytiriladi. Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan.
Hujjat bilan 2023 yil 1-dekabrdan boshlab import qilinadigan lift, eskalator, travolator, sanoat havo sovitish tizimlari va sanoat isitish qozonlarini muvofiqlik sertifikatisiz “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirishni taqiqlash taklif qilinmoqda.
Ko‘p kvartirali uylar, shuningdek, lift o‘rnatilishi nazarda tutiladigan barcha obyektlardagi liftlarni foydalanishga qabul qilishdan oldin ularni majburiy tartibda dispetcherlik xizmatiga ulash talab etiladi.
2024 yil 1-yanvardan boshlab Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan qurilish (rekonstruksiya) obyektlarini loyihalashtirishda ustuvor ravishda respublikada ishlab chiqariladigan lift, eskalator, travolator, sanoat havo sovitish tizimlari va sanoat isitish qozonlari qo‘llanilishi talab etiladi.
2024 yil 1-yanvarga qadar respublikaning barcha hududlarida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari huzurida liftlarni monitoring qilish bo‘yicha dispetcherlik xizmatlari ko‘rsatilishini tashkil etish rejalashtirilgan.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda respublikadagi barcha toifadagi lift va eskalatorlarni har yili kamida bir marotaba majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishi belgilanmoqda.
2024 yil 1-yanvarga qadar lift uskunalarining texnik holatini monitoring qilish, avariya holatlarini real vaqt rejimida qayd etuvchi zamonaviy elektron dastur hamda ko‘p kvartirali uylarda ekspluatatsiya qilinayotgan liftlarning reyestri joriy etiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab lift, eskalator va trovalatorlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, bu soha mutaxassislarini tayyorlashni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0