Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘da 5 ming kishini evakuatsiya qildi – video

Obuna bo‘lish
Xavfli hududlardan olib chiqilgan aholi uchun dam olish joyi va issiq ovqat tashkil etilgan.
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘da Boku, Yerevan va Stepanakert hukumatlari bilan doimiy hamkorlikda o‘z vazifalarini bajarishmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
“Faol jangovar harakatlar boshlangandan buyon Rossiya tinchlikparvar kuchlari Mardakert, Martuni va Askeran hududlaridan tinch aholini evakuatsiya qildi. Tinchlikparvar kuchlari kontingentiga qariyb 5 ming kishi olib kelindi”, - deyilgan xabarda.
Xavfli hududlardan olib chiqilgan aholi uchun dam olish joyi va issiq ovqat tashkil etilgan. Jabrlanganlarga rossiyalik harbiylar tibbiy yordam ko‘rsatishmoqda.
Avvalroq Rossiya tinchlikparvar kontingenti qo‘mondonligi vositachiligida Ozarbayjon tomoni va Tog‘li Qorabog‘ vakillari o‘rtasida jangovar harakatlarni to‘liq bas qilish to‘g‘risida kelishuvga erishilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0