Mirziyoyev: Markaziy Osiyo – Germaniya biznesi uchun katta imkoniyatlar mintaqasi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya iqtisodiy forumida
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya iqtisodiy forumida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Germaniya ishbilarmon doiralarini Markaziy Osiyoda oziq-ovqat, xom-ashyo hamda transport va kommunikatsiyalar sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.
TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlat rahbarlari va Germaniya biznes vakillari uchun tashkil etilgan iqtisodiy forumda ishtirok etdi.
O‘zbekiston prezidenti ushbu forumda so‘zlagan nutqida bugungi kunda Markaziy Osiyo hududida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lganini va bu yerda xorijiy investitsiyalar uchun katta imkoniyatlar borligini ta’kidlab o‘tdi.
"Endilikda bu umuman boshqacha, kuchli va jips mintaqa. <...> Bir necha yil ichida mintaqa mamlakatlari ko‘plab jiddiy masalalarni hal etishga muvaffaq bo‘ldi - chegaralar ochildi, savdo va transport aloqalari, gumanitar almashinuvlar tiklandi. Chegaradosh hududlarda hamkorlik markazlari va tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratmoqdamiz.
Biz avtomobilsozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik, kimyo va farmatsevtika tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligida muhim kooperatsiya loyihalarini amalga oshirmoqdamiz", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Ekonomicheskiy forum pod egidoy Vostochnogo komiteta nemeskoy ekonomiki.
 Ekonomicheskiy forum pod egidoy Vostochnogo komiteta nemeskoy ekonomiki. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2023
Ekonomicheskiy forum pod egidoy Vostochnogo komiteta nemeskoy ekonomiki.
O‘zbekiston yetskchisi, shuningdek, yaqin yillarda MO davlatlarida YaIM o‘sishi besh foizdan ortiq darajada barqaror saqlanib qolishi bashorat qilinayotgani tufayli xalqaro hamjamiyatning mintaqaga qiziqishi ortib borayotganiga e’tibor qaratdi.
Shu bilan birga, Mirziyoyev, Markaziy Osiyo uchun eng muhimi mintaqaviy tinchlik ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.
"Men va barcha hamkasblarim uchun eng avvalo Markaziy Osiyoning tinchligi va osoyishtaligi, barqarorligi va izchil taraqqiyoti muhim. Shunday sharoitlardagina mintaqamiz xorijiy hamkor va investorlar uchun jozibador bo‘ladi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo Yevropaga sifatli oziq-ovqat yetkazib berish, xom-ashyo sohasida qo‘shma korxonalar tashkil qilish hamda Germaniya bilan hamkorlikda transport kommunikatsiya loyihalari ishlab chiqishni taklif qildi.
"Markaziy Osiyo ichki ehtiyojlarni to‘liq ta’minlash va Yevropa mamlakatlariga sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish uchun zarur salohiyatga ega. <...>
Eng muhimi xomashyo resurslari sohasidagi qo‘shma loyihalar alohida ahamiyat kasb etmoqda", - dedi Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Ekonomicheskiy forum pod egidoy Vostochnogo komiteta nemeskoy ekonomiki.
 Ekonomicheskiy forum pod egidoy Vostochnogo komiteta nemeskoy ekonomiki. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2023
Ekonomicheskiy forum pod egidoy Vostochnogo komiteta nemeskoy ekonomiki.
Shuningdek, prezident mintaqaviy transport kommunikatsiyalari sohasida samarali va o‘zaro muvofiqlashgan tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida Germaniyaning yetakchi tashkilot vakompaniyalari mutaxassislarini jalb qilish taklifini bildirdi.
"Markaziy Osiyo – Germaniya biznesi uchun katta imkoniyatlar mintaqasi", - deb xulosa qildi Shavkat Mirziyoyev forumda.
Iqtisodiy forumda Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati haisi Gurbanguli Berdimuhamedovlar ishtirok etishdi.
Germaniya tomonidan bir qator mansabdor shaxslar hamda yetakchi mahalliy korxona vakillari ishtirok etdi: “CLAAS”, “Siemens Energy”, “Knauf”, “Linde”, “Papenburg”, “BayWa”, “WILO”, “IPEX-Bank”, “Commerzbank”, “AKA”, “Mangold Consulting”, “Deutsche Bahn”, “DB E.C.O.”, “Euler Hermes”, “Ernst Klett”, “SMS Group”, “Deutsche Bank”, “Evonik Industries”, “John Deere”, “BASF”, “Airbus” va boshqalar.
Ma’lumot uchun, 29-sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Berlin shahriga keldi. Bu yerda O‘zbekiston yetakchisi Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etdi hamda Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
Yangiliklar lentasi
0