Qashqadaryoda 2 ayiq qishloqqa tushib keldi — video

© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanQashqadaryoda qishloqqa tushgan ayiqlar qo‘riqxona hududiga qo‘yib yuborildi
Qashqadaryoda qishloqqa tushgan ayiqlar qo‘riqxona hududiga qo‘yib yuborildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2023
Obuna bo‘lish
Voqea joyiga yetib borgan ishchi guruh tomonidan ko‘rilgan operativ chora-tadbirlar natijasida ayiq bolalari maxsus o‘q-dorili qurol yordamida uxlatildi.
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Qashqadaryoda qishloqqa tushgan ayiqlar qo‘riqxona hududiga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Shahrisabz tumani, Shakarteri MFY, Soybo‘yi qishlog‘i hududiga tog‘li hududdan O‘zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan 2 bosh Tan-Shan qo‘ng‘ir ayiq bolalari kelib tushdi.
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanMedvejat, zamechennix v naselennom punkte Kashkadari, dostavili v zapovednik
Medvejat, zamechennix v naselennom punkte Kashkadari, dostavili v zapovednik   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2023
Vaziyat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, Shahrisabz tuman IIB, Milliy gvardiya, Toshkent hayvonot bog‘i hamda Hisor qo‘riqxonasi xodimlaridan iborat tezkor ishchi guruh tuzildi.
Voqea joyiga yetib borgan ishchi guruh tomonidan ko‘rilgan operativ chora-tadbirlar natijasida ayiq bolalari maxsus o‘q-dorili qurol yordamida uxlatildi.
© Ministerstvo ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanMedvejat, zamechennix v naselennom punkte Kashkadari, dostavili v zapovednik
Medvejat, zamechennix v naselennom punkte Kashkadari, dostavili v zapovednik   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.10.2023
Ayiq bolalariga hech qanday shikast yetkazilmasdan, “Hisor” davlat qo‘riqxonasining "Tanxoz" daryo bo‘limiga qo‘yib yuborildi.
Avvalroq, Parkentda aholi yashaydigan hududga ayiq tushib kelgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Yangiliklar lentasi
0