Bishkekda MDH Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi majlisi boshlandi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishSammit glav SNG v Bishkeke.
Sammit glav SNG v Bishkeke. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
Obuna bo‘lish
Sammit Qirg‘iziston prezidentining "Ala-Archa" davlat qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Bishkekda MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi boshlandi. Uchrashuv tor doirada o‘tmoqda, unda faqat prezidentlar ishtirok etadi. Tadbir boshlanishidan avval davlatlar rahbarlari suratga olish marosimida ishtirok etishdi.
Tadbir Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov raisligida o‘tmoqda. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnashmoqda.
Sammit davomida davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy sheriklik, xavfsizlik va ekologiya masalalarini muhokama qilishlari kutilmoqda. Shuningdek, yetakchilar bu yil MDH doirasidagi o‘zaro aloqalar natijalarini sarhisob qilishadi va istiqboldagi asosiy vazifalarni belgilab oladilar. Dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzular yuzasidan fikr almashish ham ko‘zda tutilgan.
Sammit Qirg‘iziston prezidentining "Ala-Archa" davlat qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda.
V Bishkeke nachalsya sammit SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi — jonli efir yakunlandi
Yangiliklar lentasi
0