Mirziyoyev Bishkekda Lukashenko bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
Obuna bo‘lish
Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida o‘tayotgan MDH sammiti doirasida Belarus respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev na polyax proxodashego v gorode Bishkeke sammita SNG vstretilsya s Prezidentom Respubliki Belarus Aleksandrom Lukashenko. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi
Yetakchilar O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etishdi.
Davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralarni ko‘rish, jumladan, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, Hududlar forumi hamda O‘zbekiston va Belarus yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining uchrashuvini tashkil etish muhimligini qayd etishdi.
MDH va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi. Bo‘lajak tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0