Shavkat Mirziyoyev MDHning oliy mukofoti bilan taqdirlandi — video

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaShavkata Mirziyoyeva nagradili Pochetnim znakom Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv.
Shavkata Mirziyoyeva nagradili Pochetnim znakom Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti MDHning “Faxriy nishoni” bilan taqdirlandi.
TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) oliy mukofti Faxriy nishoni bilan taqdirlandi.
Bishkekda Shavkat Mirziyoyevni MDHning “Faxriy nishoni” ordeni bilan rasmiy taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
"Mirziyoyev do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, Markaziy Osiyo davlatlari va butun MDH davlatlari iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shdi", — Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov.
Japarov o‘z so‘zida “Yangi O‘zbekiston” yangi tashqi siyosiy strategiyasi rahnamoligida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan Mirziyoyevning ulkan rolini mamnuniyat bilan qayd etdi.
"Sizga, muhtaram Shavkat Mirziyoyev, MDH mamlakatlari integratsiyasiga qo‘shgan bebaho hissangiz, hamdo‘stlik makonida ishbilarmonlik aloqalari va har tomonlama samarali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan doimiy ilgari surilayotgan dolzarb tashabbuslaringiz uchun samimiy minnatdorlik bildiraman", — deya qo‘shimcha qildi Japarov.
MDHning Faxriy nishoni MDHning oliy mukofoti sanaladi. U MDH Davlat rahbarlari kengashining 2002-yil 7-oktabrdagi qarori bilan ta’sis etilgan. Bu mukofotga MDH mustahkamlanishida katta hissa qo‘shganlar loyiq ko‘riladi.
Pochotniy znak Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2023
MDH Faxriy nishoni
Faxriy nishon Hamdo‘stlikka a’zo 12 ta mamlakat bayroqlarini ifodalovchi bir-biriga o‘zaro ulangan zanjirdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0