“UzAirways” ichki parvozlar uchun chegirma e’lon qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBoeing 757 uzbekskix avialiniy. Arxivnoe foto
Boeing 757 uzbekskix avialiniy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2023
Obuna bo‘lish
Chegirma 1-noyabrdan boshlab 30-noyabrga qadar amalga oshiriladigan barcha ichki aviaqatnovlarning ekonom-klassi uchun taqdim etiladi.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. “Uzbekistan Airways” 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollarga 25 foizli chegirma e’lon qildi.
Aviakompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, chegirma 1-noyabrdan boshlab 30-noyabrga qadar amalga oshiriladigan barcha ichki aviaqatnovlarning ekonom-klassi uchun (K-klass va undan yuqori) taqdim etiladi.
Chegirmali aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filiali yoki O‘zbekistonda joylashgan aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Xabarda aviachipta sotib olayotganda pasport yoki ID karta talab etilishi qo‘shimcha qilingan.
Yangiliklar lentasi
0