Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 14-20 oktabr hisoboti

© Sputnik / Stanislav Krasilnikov / Mediabankka o‘tishPodgotovka ekipajey BTR i BMP na poligone v tilovom rayone SVO
Podgotovka ekipajey BTR i BMP na poligone v tilovom rayone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi, belgilangan maqsadlar yo‘nalishida muvaffaqiyatli davom etmoqda.
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi hafta davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligining 14 - 20-oktabr hisoboti:

Raketa zarbalari. 14 -20 oktabr oralig‘ida Rossiya Qurolli kuchlari UQKning harbiy texnikasi, harbiy xizmatchilar, millatchilar va xorijiy yollanma askarlarni joylashtirish joylari, yoqilg‘i omborlari, qurol ishlab chiqaruvchi korxonalari sexlariga, yuqori aniqlikdagi raketa va artilleriya qurollari hamda uchuvchisiz apparatlari yordamida to‘rtta guruhli zarba berdi.
Zarbalar natijasida: ekipajsiz katerlar saqlash ombori, portlovchi moddalar ishlab chiqarish ustaxonalari, operativ-taktik raketalarni yig‘ish ustaxonasi, Azov (Rossiyada ta’qiqlangan millatchi guruh) millatchilari tuzilmasi bo‘linmalari, xorijiy instruktorlar va yollanma askarlar vaqtincha turar joylari yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi hafta davomida dushmanning 61 ta qarshi hujumini qaytardi. Aviatsiya va artilleriya zarbalari yordamida Sinkovka, Ivanovka, Timkovka va Makeyevka aholi punktlari hududlarida dushmanning 25-havo-desant, 14, 43, 44 va 115-mexanizatsiyalashgan, 68-yeger, 95-havo-desant-desant brigadalarining shaxsiy tarkibi va texnikasi yo‘q qilindi. Jangovar harakatlar natijasida Rossiya qo‘shinlari pozitsiyasi yaxshilandi. Dushman yo‘qotishlari 995 dan ortiq (qurbonlar va yaralangan) harbiy xizmatchi, 10 ta tank, 27 ta zirhli jangovar texnika, 20 ta texnika, shuningdek, 18 ta dala artilleriya qurolini tashkil etdi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi hafta davomida UQKning 63 va 67-mexanizatsiyalashgan, 12-maxsus kuchlar brigadalarining 18 ta hujumini qaytardi. Dushman 940 dan ortiq (qurbonlar va yaralangan) harbiy xizmatchi, ikkita tank, 21 ta zirhli jangovar texnika, 14 ta texnika va 5 ta artilleriya qurolni yo‘qotdi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" qo‘shinlar guruhi Kurdumovka, Andreyevka, Klesheyevka aholi punktlari hududlarida UQKning 28, 56, 67 va 93-mexanizatsiyalashgan brigadalarining jangovar guruhlariga zarba berdi. O‘tgan hafta davomida ushbu yo‘nalishda dushmanning 25 ta hujumi qaytarildi. UQK yo‘qotishlari 2065 dan ortiq (qurbonlar va yaralangan) ukrainalik harbiy xizmatchilarni, to‘rtta tank, 14 ta zirhli jangovar texnika, 27 ta texnikani va 28 ta artilleriya qurolini tashkil etdi.
Bundan tashqari, havo hujumlari va raketa kuchlari tomonidan o‘q-dorilar va harbiy texnikalar saqlanadigan beshta ombor vayron qilingan.
Janubiy Donesk yo‘nalishida DXRning Ugledar, Urojaynoe va Staromayorskoe aholi punktlari hududlarida UQKning 58-moto o‘qchi, 72-mexanizatsiyalashgan va 128-hududiy mudofaa brigadalarining ikkita hujumini qaytardilar. Dushman yo‘qotishlari 1010 dan ortiq harbiy xizmatchi, 9 ta zirhli jangovar texnika, 19 ta texnika, sakkizta dala artilleriya quroli va ko‘p raketalri tizim texnikasini tashkil etdi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya Qurolli kuchlari Verbovoe va Rabotino aholi punktlari hududlarida dushmanning 10 ta hujumini qaytardi. Dushmanning yo‘qotishlari 475 dan ortiq harbiy xizmatchi, 11 tank, 22 zirhli jangovar mashina, 18 ta mashina va 14 dala artilleriya qurolini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida dushman 36 va 38-dengiz piyodalari brigadalari qo‘shinlari tomonidan orollar va Dneprning chap qirg‘og‘idagi ko‘prik boshlarini egallab olishga bir necha bor muvaffaqiyatsiz urinishdi. Rossiya qo‘shinlarining profilaktik harakatlari va artilleriya zarbalari natijasida UQKuchlari 345 tagacha harbiy xizmatchi, 11 ta dala artilleriya quroli, 48 ta qayiq va 38 ta texnikani yo‘qotdi.
Qiruvchi samolyotlar va havo hujumiga qarshi mudofaa bo‘linmalarining samarali harakatlari natijasida o‘tgan haftada Ukrainaning 12 ta samolyoti yo‘q qilindi, shundan: 10 ta Mig-29 va ikkita Su-25 hujumchi samolyoti, shuningdek, 2 ta Mi-8 vertoloti. Shulardan yettita Mig-29 samolyoti so‘nggi 24 soat ichida havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirildi.
Bundan tashqari, bir hafta ichida Ukrainaning 314 ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi va 35 ta AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS raketlari, beshta operativ-taktik raketa, ikkita S-200 zenit raketasi va oltita AQShda ishlab chiqarilgan JDAM boshqariladigan havo bombalari yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 500 ta samolyot, 252 ta vertolot, 8104 ta uchuvchisiz uchish apparati, 441 ta zenit-raketa tizimi, 12778 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1165 ta ko‘p raketali jangovar texnika, 6837 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 14 463 dona maxsus harbiy avtomobillaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0