https://oz.sputniknews.uz/20231026/mishustin-shht-mustaqil-tolov-hisob-kitob-mexanizmi-40355998.html
Mishustin ShHTning mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmini yaratishni taklif qildi
Mishustin ShHTning mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmini yaratishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Mixail Mishustin ShHT doirasida mintaqaviy mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmini shakllantirish haqida o‘ylashni taklif qildi.
2023-10-26T11:51+0500
2023-10-26T11:51+0500
2023-10-26T12:18+0500
siyosat
qirg‘iziston
rossiya
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
mixail mishustin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1a/40355841_0:394:2315:1696_1920x0_80_0_0_4f2c83cbfd78e16ced7c31199e9a7d2d.jpg
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ShHTning mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmini yaratishni taklif qildi, deb yozmoqda Sputnik Qirg‘iziston.Qirg‘izistonda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.Unda so‘zga chiqqan Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik uchun huquqiy va ma’muriy to‘siqlarni yanada olib tashlash, shuningdek, zamonaviy to‘lov tizimini barpo etish zarurligini qayd etdi.Mixail Mishustin ShHT doirasida mintaqaviy mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmini shakllantirish haqida o‘ylashni taklif qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik uchun huquqiy va ma’muriy to‘siqlarni yanada olib tashlash, shuningdek, zamonaviy to‘lov tizimini barpo etish zarur.Eslatib o‘tamiz, bugun Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hukumat rahbarlarining yig‘ilishlari boshlandi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Tojikiston hukumat rahbarlari, Eron vitse-prezidenti, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Hindiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari va boshqa rasmiylar ishtirok etmoqda.
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/1a/40355841_159:317:2210:1855_1920x0_80_0_0_11ce6a72e0a93eaa4d36c347b4ff1571.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
mixail mishustin shht mintaqaviy mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmi
mixail mishustin shht mintaqaviy mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmi
Mishustin ShHTning mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmini yaratishni taklif qildi
11:51 26.10.2023 (yangilandi: 12:18 26.10.2023) Mixail Mishustin ShHT doirasida mintaqaviy mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmini shakllantirish haqida o‘ylashni taklif qildi.
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ShHTning mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmini yaratishni taklif qildi, deb yozmoqda
Sputnik Qirg‘iziston. Qirg‘izistonda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda so‘zga chiqqan Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik uchun huquqiy va ma’muriy to‘siqlarni yanada olib tashlash, shuningdek, zamonaviy to‘lov tizimini barpo etish zarurligini qayd etdi.
Mixail Mishustin ShHT doirasida mintaqaviy mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmini shakllantirish haqida o‘ylashni taklif qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik uchun huquqiy va ma’muriy to‘siqlarni yanada olib tashlash, shuningdek, zamonaviy to‘lov tizimini barpo etish zarur.
“Biz hisob-kitoblarda o‘z valyutalarimizdan tobora ko‘proq foydalanmoqdamiz, mintaqaviy mustaqil to‘lov va hisob-kitob mexanizmini yaratish, shuningdek, milliy birjalarda valyutalarimiz konvertatsiyasini ta’minlash haqida o‘ylash maqsadga muvofiqdir”, — dedi Mishustin.
Eslatib o‘tamiz, bugun Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) hukumat rahbarlarining yig‘ilishlari boshlandi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Tojikiston hukumat rahbarlari, Eron vitse-prezidenti, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Hindiston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari va boshqa rasmiylar ishtirok etmoqda.