Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

AQSh musulmonlar kengashi Baydenga G‘azo sektori bo‘yicha ultimatum qo‘ydi

© AFP 2023 / BRENDAN SMIALOWSKIAQSh prezidenti Jo Bayden
AQSh prezidenti Jo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Obuna bo‘lish
Qo‘shma Shtatlar Musulmonlar kengashi Baydenga G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun ultimatum qo‘ydi.
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. AQSh Milliy musulmon demokratik kengashi prezident Jo Baydenga ultimatum qo‘yib, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi. Bu haqda RIA Novosti "Reuters" nashriga tayanib xabar berdi.
“Milliy Musulmon Demokratik Kengashi Baydenni Isroilga o‘z ta’siridan foydalanib, soat 17:00 gacha o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi”, — deyiladi xabarda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kengash o‘t ochishni to‘xtatish uchun zudlik bilan choralar ko‘rmasa, 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida Baydenga xayriya va ovoz berishdan bosh tortish uchun millionlab musulmon saylovchilarni safarbar qilishga harakat qiladi.
“Sizning ma’muriyatingizning so‘zsiz yordami, jumladan, moliyalashtirish va qurol-yarog‘lar tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib kelgan va saylovchilar ishonchiga putur yetkazgan zo‘ravonliklarni davom ettirishda muhim rol o‘ynadi”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Seshanba kuni AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Falastinning HAMAS harakati xavf tug‘dirishni bas qilmaguncha, AQSh Isroil bilan jangovar harakatlarni davom ettirish zaruratida birdam ekanligini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0