Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

Isroil va HAMAS muzokaralari yana to‘xtab qoldi

© AP Photo / Ohad ZwigenbergVoyennoslujashie izrailskoy armii vo vremya nazemnoy operatsii v sektore Gaza. Arxivnoe foto
Voyennoslujashie izrailskoy armii vo vremya nazemnoy operatsii v sektore Gaza. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2023
Obuna bo‘lish
Biroz oldin HAMAS va Isroil hukumati G‘azo sektorida uch kunlik sulhga kelishib olgani haqda xabar tarqalgan edi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Isroil va Falastin muzokaralari HAMAS tomonidan to‘xtatib qo‘yildi, dedi "Rossiya 24" telekanali efirida Isroil elchisi Aleksandr Ben Svi.

"Ayni damda hech qanday muzokaralar bo‘layotgani yo‘q. HAMAS ularni o‘z ixtiyori bilan to‘xtatib qo‘ydi", - dedi elchi.

Shuningdek, elchining aytishiga ko‘ra, HAMAS Isroil ko‘p marotaba talab qilishiga qaramasdan garovga olingan shaxslar ro‘yxati va ularning sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni taqdim etmagan.
Biroz oldin mahalliy OAVlar Falastinning HAMAS harakati va Isroil hukumati G‘azo sektorida uch kunlik sulh tuzishga kelishib olgani haqda xabar bergan edi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, “mojaro tomonlari o‘rtasidagi kelishuv G‘azoda uch kunlik sulhni o‘z ichiga oladi”. Shuningdek, Isroil tomoni Falastin anklaviga “BMT nazorati ostidagi cheklangan miqdordagi yoqilg‘i” o‘tkazilishiga rozi bo‘lgan. Lekin telekanal ushbu kelishuvlarning kuchga kirish sanasini e’lon qilmagan.
Shuningdek, OAV HAMAS va Isroil garovga olingan 50 nafar ayolni Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 50 nafar falastinlik ayol va o‘smirga almashtirish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0