Futbol: O‘zbekiston — Eron uchrashuvini qayerda onlayn tomosha qilish mumkin?

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi futbol uchrashuvi 21-noyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 20 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik futbolchilar JCh—2026 ikkinchi saralash bosqichida eronlik raqiblariga qarshi maydonga tushadi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
O‘yin 21-noyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. U soat 18:00 da boshlanadi va "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
O‘zbekiston terma jamoasi uchun 2026-yilgi jahon chempionatiga saralash turnirining ikkinchi bosqichi Turkmaniston terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston raqiblari ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Uchrashuvning barcha qiziqarli lahzalarini Sputnik O‘zbekiston Telegram-kanalida kuzatib boring.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash bosqichida to‘rtta jamoadan iborat to‘qqizta guruh ishtirok etadi. O‘zbekiston Eron, Turkmaniston va Gonkong terma jamoalari bilan birga “E” guruhida ishtirok etadi.
Bugungi kunda Eron O‘zbekistonning eng kuchli raqibi hisoblanadi. Respublika terma jamoasi eronliklar ustidan so‘nggi g‘alabasini bundan 11-yil avval, 2012-yilning noyabr oyida qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda uchrashuv 1:0 hisobida yakunlangan.
Yangiliklar lentasi
0