Yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Islohotlar “qog‘ozda” qolib ketmasligi kerak. Bu haqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev raisligida yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Opredeleni zadachi po effektivnomu ispolzovaniyu zemelnix resursov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2023
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Qayd etilishicha, oxirgi uch yilda raqamlashtirish hisobiga 40 million gektar yoki jami yerlarning 90 foizi kadastrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Shu bilan birga, 44 million 800 ming gektar yer maydoni, 8 million 300 mingta bino va inshootning mulk sifatidagi bozor bahosi hisoblanmagan.
Hozirda mavjud bino va inshootlarning shartli kadastr qiymati 70 milliard dollarni tashkil qiladi. Aslida, ularning haqiqiy bozor bahosi bundan kamida 4-5 barobar ko‘p. Bunga yerning bozor qiymati ham qo‘shilsa, katta “iqtisodiy aktiv” bo‘ladi.
"Sohada zamonaviy aerofotokamera va dronlar qo‘llanayotgani natijasida ko‘p zaxiralar aniqlanmoqda. Masalan, Qarshi tumanida ekin yerlari 45 ming gektar deb ko‘rsatib kelinayotgan bo‘lsa-da, hisobotda yaylov bo‘lib turgan 5 ming 100 gektar maydon ham aslida sug‘oriladigan yer ekanligi aniqlandi. Bu budjetga qancha tushum, qancha ish o‘rni va daromad yo‘qotilayapti, degani", — deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, qishloq xo‘jaligida 286 ming gektar yerning huquq belgilovchi hujjatlari to‘liq emas. Doimiy foydalanish uchun ajratilgan 460 ming gektar yerning huquqiy maqomi aniq emas. 159 ming gektar yerning hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladi.
Oqibatda, jami 900 ming gektardan ziyod qishloq xo‘jaligi yerlari kadastr ro‘yxatidan o‘tmasdan turibdi. Kadastri yo‘qligi sababli ularni takroriy ekinlar uchun rasman ikkilamchi ijaraga berish imkoni bo‘lmayapti. Bular tufayli kamida 300 ming ish o‘rni, takroriy ekindan olinayotgan mahsulot hamda norasmiy ijaraning hisobi yuritilmayapti.
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Opredeleni zadachi po effektivnomu ispolzovaniyu zemelnix resursov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2023
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda yer resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
"Shu bois bunday yerlar samaradorligini o‘rganish vazifasi qo‘yildi. Agar dehqon va fermerlar yerdan unumli foydalanayotgan bo‘lsa, ular bilan ijara shartnomasi tuziladi va kadastr ro‘yxatiga olinadi. Aksincha, oqilona ishlatilmayotgan yerlar hokimlik zaxirasiga qaytariladi. Mutasaddi vazirliklarga ushbu tizimni amaliyotga joriy qilish, kelgusi yil aerosuratga olish va qishloq xo‘jaligi yerlari kadastrini to‘liq yakunlash bo‘yicha topshiriqlar berildi", — deya qayd etilgan xabarda.
Davlat rahbari o‘tgan haftada Surxondaryoga tashrif chog‘ida eksportbop sabzavotlar ekish imkoniyatlarini aytgan edi. Shu bois har bir tumanda eksportbop sabzavot eksa bo‘ladigan kamida 100 gektardan bo‘sh yerlar ajratilishi belgilandi. Bu bo‘yicha taqdimotlar o‘tkaziladi, mahsulot yetishtiruvchilar “fermerlar maktabi”da o‘qitiladi. Hosildor urug‘lar kafolatli yetkazib beriladi. Ekin yeri “ishning ko‘zini biladigan”, eksport ko‘nikmalariga ega insonlarga auksion orqali ijara huquqi bilan sotiladi.

Yer hisobini to‘g‘ri yuritish masalasi

Bugungi kunda 817 ming gektar yer aholi yashash joyi va sanoat hududiga aylanib ketgan, ammo hisobotlarda qishloq xo‘jaligi yerlari toifasida turibdi. Kadastr agentligi va hokimliklarga bu noaniqliklarni hal qilish, amaldagi “yer balansi”ni hisobotda to‘g‘ri aks ettirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Suv xo‘jaligida ham hujjati yo‘q ko‘p yerlar bor. Ulardan qo‘shimcha iqtisodiy samara olishning yo‘li – to‘liq kadastrdan o‘tkazish. Bir so‘z bilan aytganda, bu – ish o‘rni uchun ham, oziq-ovqat uchun ham qo‘shimcha zaxira.
"Shu bois kanal va kollektorlar, tabiiy ko‘l va darolar oldidagi yerlarni hujjatlashtirib, aholiga eksportbop ekinlar uchun berish vazifasi qo‘yildi", — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, yo‘l xo‘jaligida muayan ichki yo‘llar va unga tutash yerlarda hujjat yo‘q. Masalan, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda ichki yo‘llar chegarasini belgilash vaqtida auksionga chiqarsa bo‘ladigan 2 ming 700 dan ziyod bo‘sh yer uchastkasi aniqlangan. Shu bois kelgusi yil “Tashabbusli budjet” va “Mening yo‘lim” loyihalari doirasida ichki yo‘llarning kadastr hujjatini tayyorlash ham nazarda tutiladi.

Yerlardan samarali foydalanish

Ta’kidlanishicha, oxirgi besh yilda qishloq xo‘jaligidan 42,5 ming gektarni qisqartirib, aholi punktlari va sanoat yerlari toifasiga o‘tkazildi. Lekin viloyat, tuman va shahar hokimlari ulardan samarali foydalana olmayapti. Xususan, 100 ta tumanda toifasi o‘zgargan 17,5 ming gektar yer na tadbirkorga berilgan, na auksionga chiqarilgan. Sanoat zonalarida ham bo‘sh yerlar bor. Oqibatda milliardlab so‘m budjet tushumi yo‘qotilgan.
Hokimlarga bu boradagi ishlarni jadallashtirish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.
Kadastr sohasi uchun kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirishda zamonaviy laboratoriyalar tashkil qilish, yangi o‘quv adabiyotlari va xorijdan malakali mutaxassislar olib kelish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida vazirlik, hokimlik va idoralardagi ijro intizomi holatiga to‘xtalib o‘tildi.
"Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida juda katta islohotlarni amalga oshirayapmiz. Hech bir soha e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q. Lekin, islohotlar “qog‘ozda” qolib ketmasligi kerak. Vazirlik va tarmoq rahbarlari, hokimlar joylarda ularning ijrosini so‘zsiz ta’minlashi shart, – dedi prezident.
Yangiliklar lentasi
0