Mehnat migrantlarini OIVga tekshirish ishlarini kuchaytirish kerak — Egamberdiyev

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPosetiteli na medkomissii v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre v Moskve. Arxivnoe foto
Posetiteli na medkomissii v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre v Moskve. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2023
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Bahromjon Egamberdiyev: OIV infeksiyasini aniqlovchi tekshiruvlardan migrantlar asosan o‘z qo‘rquvlari sababli bosh tortishadi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekistonda mehnat migrantlarini odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV)ga tekshirish ishlari kuchaytiriladi. Bu haqida Respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori Bahromjon Egamberdiyev Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.

“Ko‘p holatlarda migrantlar, agar menda OIV aniqlansa, men bemalol davlatga kirib chiqishimga cheklovlar qo‘yiladi yoki qabul qiluvchi mamlakatda qonuniy ishga joylashish muammosi bo‘lishi mumkin deb o‘ylashadi. Aslini olganda, hech bir davlatda OIV aniqlangan bemorlarga hech qanday cheklovlar yo‘q. Shuning uchun bemalol tekshiruvlardan o‘tib, ularni davolanishga chaqiramiz”, — deydi Egamberdiyev.

O‘z vaqtida davolangan, ruhan va jismonan tetiklikni ta’minlagan bemorlar uzoq yillar davomida sog‘lom inson bilan oila qurishi va sog‘lom farzand ko‘rishi mumkin.

“Bizda migrantlarda OIV-infeksiyasi mavjud yoki mavjud emasligini aniqlovchi maxsus ekspress testlar bor. Bu organizmdagi infeksiyani aniqlashning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Natijalar chiqqandan so‘ng OIVga gumon bo‘lsa, bemor keyingi bosqichlar, jumladan, klinik, diagnostik va laboratoriya tekshiruvlardan o‘tadi. Shundan so‘ng biz bemorda retrovirusga qarshi terapiyani boshlaymiz. Biz OIV aniqlangan insonning yoshi, jinsi va tana vazniga qarab dori preparatlarini tanlaymiz. U 3 oy davomida bemor tomonidan iste’mol qilingandan so‘ng, tahlillar qayta o‘tkaziladi. Davolanishning bu turi orqali organizmdagi virus yuklamasi kamayadi, T – limfotsitlar soni ortadi. Dorilarni bemor bir umr iste’mol qilishi kerak bo‘ladi” — dedi u.

Bahromjon Egamberdiyev, shuningdek, respublikadan tashqaridagi mehnat migrantlari soni qariyb 2,4 million kishini tashkil etishini ma’lum qildi.
“Ularning 76 foizi erkaklar va 24 foizi ayollardir. O‘zbekistonni asosan past malakali, o‘rta maxsus ma’lumotli ishchilar tark etadi. Migrantlarning aksariyati bugungi kunda qurilishda - 51,6%, qishloq xo‘jaligida -12,3, sanoatda - 9,2%, savdoda - 8,5% va boshqalarda ishlaydi”, — deya aniqlik kiritdi u.
Uning aytishicha, 2023-yilning birinchi yarmida migrantlar soni 168 700 nafarni tashkil etdi. Migrantlarning chiqib ketish geografiyasi asosan Rossiya (70,2 foiz), Qozog‘iston (13,4 foiz), Qirg‘iziston (8 foiz), Turkiya (3,8 foiz), Afg‘oniston (1,1 foiz), Koreya (0,6 foiz), BAA (0,4%) kabi mamlakatlardir. Shuningdek, 2022-yilda O‘zbekistonga 13 mingga yaqin qochqin kirib kelgan.
Shuningdek, O‘zbekistonda OIV ga qarshi kurshishda ba’zi kamchiliklar bor.

“Bazamizda OIV bilan yashayotgan migrantlar to‘g‘risida yetarli ma’lumotlar yo‘q. Yuqorida aytganimdek, kasallik alomatlarini sezgan bemorlar ham buni oshkor qilishga cho‘chishadi. OIV-infeksiyasini oldini olish va davolash uchun ularni bu kasallik hamda tekshiruv va davolanish jarayonlaridan xabardor qilish uchun targ‘ibotni yanada kuchaytirish kerak”, - dedi u.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 1-oktabr holatiga 48 658 kishi OIV bilan yashamoqda. Ushbu infeksiya bilan kasallanganlar yoshlari bo‘yicha 2021-2022 yillar davomidagi tahlillarga ko‘ra, asosan 30-39 (22,9%), 40-49 (28,8%) yoshni tashkil etadi.
So‘nggi 10 oylik natijalariga ko‘ra, ushbu kasallik 77% holatlarda jinsiy aloqa yo‘li bilan, 10,6 foiz parenteral va 0,2 foiz vertikal yo‘llar bilan yuqqan. Hududlar kesimida tahliliga ko‘ra, eng ko‘p jinsiy yo‘l bilan yuqish bo‘yichaToshkent viloyati yetakchilik qilmoqda (89,3%). Eng kami esa Andijon viloyati (41,9) da kuzatilgan.
2023 yil 9 oyida migrantlar orasida OIV infeksiyasiga tekshiruv qamrovi Respublika bo‘yicha 51,9% (211 ming) ni tashkil etadi. Ular orasida 913 nafar kasallangan migrantlar aniqlangan.
Meditsinskiy rabotnik proizvodit ekspress-analiz krovi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2023
OIV infeksiyasiga qarshi kurashish yanada kuchaytiriladi – yangi qaror
Yangiliklar lentasi
0