Putin va Raisiy uchrashuvi qanday o‘tdi

© Press-slujba KremlyaVstrecha Putina i Raisi v Moskve 7-dekabrya 2023 goda
Vstrecha Putina i Raisi v Moskve 7-dekabrya 2023 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya va Eron yetakchilari uchrashuvida asosiy mavzu Isroil-Falastin mojarosi bo‘ldi. Raisiy G‘azoda qon to‘kilishini imkon qadar tezroq to‘xtatish lozimligini ta’kidladi.
TOShKENT, 8 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7-dekabr kuni Rossiyaga amaliy tashrif bilan kelgan Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy bilan Kremlda muzokaralar o‘tkazdi.
© Press-slujba KremlyaVstrecha Putina i Raisi v Moskve 7-dekabrya 2023 goda
Vstrecha Putina i Raisi v Moskve 7-dekabrya 2023 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2023
Vstrecha Putina i Raisi v Moskve 7-dekabrya 2023 goda
Muzokaralar davlat rahbarlarining yetakchilarning yakkama-yakka suhbati bilan boshlandi. Keyin xalqaro maslahatlashuvlar ishchi tushlik formatida kengaytirilgan tarkibda davom etdi.
Putin Raisiy va Eron delegatsiyasini Moskvada ko‘rishdan xursand ekanini bildirdi:
“Bizning munosabatlarimiz juda yaxshi rivojlanmoqda. Iltimos, mening eng ezgu tilaklarimni ma’naviy yetakchi janob Xomanaiyga yetkazing. Uning qo‘llab-quvvatlashi tufayli biz o‘tgan yil davomida yaxshi o‘sish sur’atga erishdik. O‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash 20 foizga o‘sib besh milliarddan oshib ketdi.
Biz yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirmoqdamiz. Uzoq muhokamalardan so‘ng “Shimol-Janub” temir yo‘li qurilishini amaliy bosqichga yetdi.
Undan tashqari biz energetika va ta’lim sohasida, an’anaviy tarzda, hamkorlik qilmoqdamiz: bizda ko‘p sonli eronlik talabalar tahsil olmoqda. Umuman olganda, deyarli barcha sohalarda ishlar ancha faol davom etmoqda.
Va, albatta, mintaqadagi vaziyat, xususan, Falastindagi vaziyat yuzasidan fikr almashish biz uchun juda muhim.
Janob Prezident, Sizni Moskvada mehmon qilish imkoniga ega bo‘lganimizdan juda mamnunmiz. Xush kelibsiz!
© Press-slujba KremlyaVstrecha Putina i Raisi v Moskve 7-dekabrya 2023 goda
Vstrecha Putina i Raisi v Moskve 7-dekabrya 2023 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2023
Vstrecha Putina i Raisi v Moskve 7-dekabrya 2023 goda
Ibrohim Raisiy: Mehribon va rahmli Xudo nomi bilan! Katta rahmat!
Bugun biz siz Rossiya prezidenti, muhtaram janob Putin, bilan uchrashuv o‘tkazayotganimizdan ham juda xursandman.
So‘nggi bir necha yil ichida biz taraqqiyot va rivojlanishga erishdik. O‘ylaymanki, bugungi muzokaralar ham mamlakatlarimizda mavjud imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun yangi qulay shart-sharoitlarni yaratishga yordam beradi.
O‘ylaymanki, energetika, qishloq xo‘jaligi, ta’limni rivojlantirish sohalarida amalga oshirilayotgan hamkorlik, universitetimiz olimlari o‘rtasidagi aloqalar – bu yo‘nalishlarning barchasida, albatta, bundan ham yaxshi qadamlar tashlash mumkin, bu davlatimiz manfaatlaridan kelib chiqadi, deb hisoblaymiz.
Bugungi kunda insoniyatning azoblanishiga sabab bo‘layotgan narsa bir tomonlama choralar va global adolatsiz tizimning qabul qilinishidir. Buning yaqqol ifodasini bugun G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealar misolida ko‘rishimiz mumkin. Falastin va G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealar, albatta, genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatdir.
Darhaqiqat, 6 mingdan ortiq bolaning sionistik rejim qo‘lidan halok bo‘lgani nihoyatda achinarli ekanini ta’kidlash lozim. Va bundan ham achinarlisi shundaki, bu jinoyatlarning barchasini Amerika Qo‘shma Shtatlari, shuningdek, G‘arb davlatlari qo‘llab-quvvatlamoqda. Xalqaro tashkilotlar va inson huquqlarini himoya qilishi kerak bo‘lgan tashkilotlar o‘z samarasini yo‘qotgani yanada achinarli. Bu esa butun dunyo hamjamiyatining oldida sodir bo‘lmoqda.

Hurmatli janob Putin, men siz bilan muhokama qilmoqchi bo‘lgan masalalardan biri bu Falastin masalasi, shuningdek, mazlum, ammo kuchli Falastin xalqining muammolari. Statistikaga ko‘ra, har o‘n daqiqada bitta bola vafot etadi. Bomba portlashlari imkon qadar tezroq to‘xtatilishi kerak. Bugungi kunda bu masala nafaqat bizning mintaqamiz, balki butun insoniyatning muammosi, shuning uchun bu masalaga juda tez yechim topish kerak.

Ushbu tashrif davomida, Xudo xohlasa, siz bilan ikki tomonlama, mintaqaviy, shuningdek, xalqaro kun tartibini muhokama qilamiz.
Biz (Saudiya Arabistoniga tashrifingizdan so‘ng) sizning samolyotingiz Tehron aeroportiga qo‘nishga va sizni ham kutib olishga tayyor edik.
Siz, Janobi Oliylariga va Rossiya Federatsiyasi hukumatiga mehmondo‘stligingiz va samimiyligingiz uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Vladimir Putin: Hurmatli janob Prezident! Men sizning taklifingizdan albatta foydalanaman. Aytishim kerakki, biz deyarli Yangi yilgacha ishlashni to‘xtatmaymiz. Dekabr oyining so‘nggi kunlarida biz Eron va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasida erkin savdo zonasini yaratish to‘g‘risidagi bitimni imzolashimiz rejalashtirilgan. Bu hamkorligimizni kengaytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
© Press-slujba KremlyaVstrecha Putina i Raisi v Moskve 7-dekabrya 2023 goda
Vstrecha Putina i Raisi v Moskve 7-dekabrya 2023 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2023
Vstrecha Putina i Raisi v Moskve 7-dekabrya 2023 goda
Yangiliklar lentasi
0