Bu yil O‘zbekistonda ilk bor 8 million 200 ming tonna g‘alla yetishtirildi

© Ministerstvo selskogo xozaystva respubliki UzbekistanV fermerskix xozaystvax i selskoxozaystvennix predpriyatiyax respubliki virasheno bolee 8,1 milliona tonn zerna
V fermerskix xozaystvax i selskoxozaystvennix predpriyatiyax respubliki virasheno bolee 8,1 milliona tonn zerna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi xodimlarini bayram bilan tadrikladi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Bu yil O‘zbekistonda ilk bor 8 million 200 ming tonna g‘alla yetishtirildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga yo‘llagan bayram tabrigida ma’lum qilindi.
Tabrik matnida qayd etilishicha, hozirgi o‘ta murakkab iqlim sharoitida ko‘plab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, yerdan mo‘l hosil yetishtirish – bu chinakam jasorat va matonat namunasidir.
“Xalqimiz sizdek mirishkor dehqon va fermerlar, mohir suvchi va irrigatorlar, o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan mexanizator va agronomlar, tajribali chorvador va pillakorlar, jonkuyar olim va tadqiqotchilar, klaster xodimlari timsolida ana shunday fidoyi insonlarni ko‘radi va el-yurt dasturxonini to‘kin qilish yo‘lidagi sharafli va olijanob mehnatingizni yuksak qadrlaydi. Aynan sizlarning sa’y-harakatlaringiz bilan qadimiy an’analarga ega bo‘lgan o‘zbek dehqonchilik maktabi rivojlanmoqda, agrar soha taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarilmoqda”, — deyilgan bayram tabrigi matnida.
Buning tasdig‘ini bu yil mamlakatda ilk bor 8 million 200 ming tonna g‘alla, 3 million 800 ming tonna paxta, 15 million tonnadan ortiq sabzavot va poliz, 5 million tonna meva va uzum, 4 million tonna kartoshka, 26 ming tonna pilla yetishtirilgani misolida yaqqol ko‘rish mumkin.
Aytilishicha, keyingi yillarda 800 dan ziyod agroklasterlar tashkil etildi. Bugungi kunda paxta va g‘allaning 100 foizi, meva-sabzavot mahsulotlarining 60 foizdan ortig‘i aynan ular tomonidan yetishtirilmoqda.
Bu yil dala mehnatkashlariga 10 ming 500 dan ortiq yuqori unumli texnika va agregatlar yetkazib berildi. Sohaga raqamlashtirish jarayonlari, tomchilatib sug‘orish texnologiyalari, innovatsiyalar jadal kirib bormoqda.
“Hozirgi kungacha 500 ming gektar maydonda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy yetilib, 3 milliard kub metr suv iqtisod qilingani va qariyb 1 million gektar yerning suv ta’minoti yaxshilangani ana shunday sa’y-harakatlarimiz natijasidir”, —deyilgan bayram tabrigi matnida.
Joriy yilda qo‘shimcha ravishda 100 ming gektar yer foydalanishga kiritilib, oziq-ovqat ekinlari ekilgani, mevali bog‘ va tokzorlar barpo etilgani O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
“Oxirgi ikki yilda 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, 670 ming nafar yurtdoshimizga tanlov asosida berildi. Natijada 2 milliondan ortiq doimiy va mavsumiy ish o‘rinlari yaratilib, qo‘shimcha 3 million tonna mahsulot yetishtirildi”, — deya qayd etildi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida quyidagilar belgilangan:
resurslarni tejaydigan innovatsion texnologiyalar asosida mahsulot tannarxini 30-35 foizga tushirish;
suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan maydonlarni 1 million 500 ming gektarga yetkazish;
sifatli va serhosil navlarni, zotdor chorva naslini ko‘paytirish; ekologik toza mahsulotlar yetishtirish.
Yangiliklar lentasi
0