MDH xavfsizlik xizmatlari rahbarlari majlisidan asosiy fikrlar

© Sputnik / Viktor TolochkoNa soveshanii glav organov bezopasnosti i razvedivatelnix slujb stran SNG v Minske
Na soveshanii glav organov bezopasnosti i razvedivatelnix slujb stran SNG v Minske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2023
Obuna bo‘lish
MDH xavfsizlik xizmatlari o‘zaro amaliy hamkorlikni faollashtirishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Bugun Minskda XIX MDH Razvedka va xavfsizlik xizmatlari rahbarlari majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston xavfsizlik xizmatlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Majlisda aytib o‘tilgan eng muhim bayonotlar:

Bugun sodir bo‘layotgan dunyo tartibining o‘zgarishi jarayonida G‘arb MDHning ichki jarayonlariga ta’sir o‘tkazishga urinmoqda.
Bir tomondan G‘arb MDH davlatlari orasida o‘zaro nizolar keltirib chiqarishga urinayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ular Afg‘oniston, Iroq, Liviya, Suriya va Falastindan ekstremizm va terrorchilik tajribasini MDH hududlariga ko‘chirishga urinmoqda.
Shuningdek, ular avvalgi notinchlik o‘choqlari – Dnestr bo‘yi hududi, Abxaziya va Janubiy Osetiyadagi mojarolarni qayta qo‘zg‘ashga urinmoqda.
Bir vaqtning o‘zida hozirgi kunda Yevropada yashayotgan muxolifatchilarni jamlash, ularni birlashtirish va mamlakatga ichidan zarba berishga urinishlar ham bo‘lmoqda.
Rossiyada bo‘lajak saylov oldi va saylov vaqtida, mamlakat ichida diversion faolyait olib borish va saylov vaqtida notinchliklar uyushtirish maqsadida G‘arb MDH fuqarolari orasidan yollanmalar izlamoqda.
Qarshi hujumi to‘liq barbod bo‘ldi, lekin Ukraina muzokaralar stoliga o‘tirishni istamayapti, chunki u yerda Zelenskiy rejimiga qarshi bosh ko‘tara oladigan siyosatchi yo‘q. Xalq kuchli bosim va qo‘rquv ostida.
Isroil-Falastin mojarosi faqat suveren Falastin davlati tashkil etish bilan hal bo‘lishi mumkin.
Mavjud vaziyatni tahlil qilish asosida, Hamdo‘stlik xavfsizlik xizmatlari rahbarlari milliy manfaatlarini himoya qilish sohasida kelgusidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olishdi.
Shuningdek hamkorlik shakllari, usullarini takomillashtirish va chuqurlashtirish uchun mavjud salohiyatdan foydalanishga qaror qilishdi. Bularning barchasi yig‘ilish yakunida qabul qilingan Memorandumda aks etgan.
Yangiliklar lentasi
0