Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya harbiylari Ukrainaning xorijiy yollanma askarlari joylashgan joyga zarba berishdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishShturmoviki Su-25 . Arxivnoe foto
Shturmoviki Su-25 . Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari Ukraina armiyasining xorijiy yollanma askarlari joylashgan yeriga va 3 ta o‘q-dori omboriga zarba berdi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Rossiya harbiylari Ukrainaning xorijiy yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish punktiga, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining 23-mexanizatsiyalashgan brigadasining uchta o‘q-dori omboriga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Kun davomida Ukraina Qurolli kuchlarining harbiy texnikasi uchun yoqilg‘i saqlanadigan bazasiga, 23-mexanizatsiyalashgan brigadasining uchta o‘q-dori omboriga, P-18 va “Nebo-SV” havo nishonlarini aniqlash va kuzatish uchun radar stansiyalariga, xorijiy yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish punktiga, 119 ta hududda 103 ta artilleriya bo‘linmasi o‘q otish joylariga, harbiylari va harbiy texnikasiga zarba berildi”, — deyiladi xabarda.

Shturmovik Su-25. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Su-25 samolyotlari Donesk yo‘nalishida Ukraina Qurolli kuchlariga hujum qildi
Yangiliklar lentasi
0