Pokiston armiyasini yuqori jangovar shaylik holatiga keltirdi

© AP Photo / K.M. ChaudarySoldati voyenizirovannix formirovaniy Pakistana v Laxore. Arxivnoe foto
Soldati voyenizirovannix formirovaniy Pakistana v Laxore. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2024
Obuna bo‘lish
Xavfsizlik kuchlarining ismini oshkor etmagan vakili Eron tomonidan har qanday fitnaga harbiy javob berilishini qo‘shimcha qilgan.
TOShKENT, 18 yanv – Sputnik. Pokiston Eron bilan ziddiyatli vaziyat sabab armiyasini shay holatga keltirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi, deya yozadi RIA Novosti.
“Pokiston qurolli kuchlari yuqori shaylik holatga keltirildi”, — deyiladi xabarda.
Xavfsizlik kuchlarining ismini oshkor etmagan vakili Eron tomonidan har qanday fitnaga harbiy javob berilishini qo‘shimcha qilgan.
Pokiston bugun Eronning Siston va Balujiston viloyatidagi terrorchilar boshpanalariga bir qator zarbalar berganini e’lon qildi. Qayd etilishicha, nishon Eron ichidagi nazoratsiz hududlarda o‘zlarini "sarmacharlar" deb atagan pokistonlik terrorchilar bo‘lgan.
Viloyat rasmiylari, o‘z navbatida, Pokiston zarbalari qurbonlari Eron fuqarosi bo‘lmagan uch ayol va to‘rt nafar bola, shuningdek, ikki erkak ekanini aytdi.
Seshanba kuni Eron Islom inqilobi qo‘riqchilarining elita korpusi “Jaysh al-Adl” terrorchilik guruhining Balujistondagi bazasiga ballistik raketa va dronlardan zarba berganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi.
Islomobod hujumni keskin qoraladi va elchini chaqirib oldi, bu Eron diplomatik missiyasi rahbari ham hozircha Pokistondagi faoliyatini davom ettira olmasligini ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, seshanbaga o‘tar kechasi IISK Iroq Kurdistoni poytaxti Erbil shahriga, AQSh konsulligi va xalqaro aeroport hududida ballistik raketa hujumlarini amalga oshirdi. Tehron xabar berishicha, nishon "Mossad” Isroil tashqi razvedka xizmati asosiy shtab-kvartiralaridan biri" bo‘lgan.
Gosudarstvenniy flag Irana v Tegerane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2024
Eronning Pokiston bilan chegaradosh bir nechta hududlarida portlashlar sodir bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0