Ukraina Qurolli kuchlari bahor oxirigacha AQSh yordami yetishmasligini his qiladi —OAV

© AP Photo / Evgeniy MaloletkaUkraina Qurolli kuchlari
Ukraina Qurolli kuchlari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2024
Obuna bo‘lish
G‘arb diplomatlari: bahor oxiriga kelib, Ukraina Qurolli Kuchlari AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligini his qiladi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Bahor oxiriga kelib Ukraina qo‘shinlari, hatto Yevropa Ittifoqidan yordam kelib tushgan taqdirda ham, jang maydonida AQSh tomonidan harbiy yordam yo‘qligini his qilishadi. Bu haqda "Bloomberg" agentligi G‘arb diplomatlariga tayanib xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Yevropa Ittifoqi yordami yetib kelgan taqdirda ham, Ukraina qo‘shinlari bahor oxirigacha jang maydonida Qo‘shma Shtatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligini his qiladi”, — deya diplomatlarning so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.
AQSh rasmiylarining aytishicha, o‘tgan yil oxirida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘lari tugab qolgan va Kongress yangi ajratmalarni tasdiqlamaguncha, qurol va o‘q-dorilarni yetkazib berishni davom ettira olmaydi.
Kongressdagi respublikachi muxolifat prezidentning Kiyev uchun 61 milliard dollar so‘rovi ma’qullanishini keng ko‘lamli migratsiya islohotini amalga oshirish bilan bog‘laydi va uning parametrlarini boshqa demokratlar va ma’muriyat vakillari bilan muhokama qilmoqda.
Ukrainskie soldati na peredovoy nedaleko ot Baxmuta 16-iyunya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2024
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina va G‘arb frontdagi vaziyat tufayli dahshatli ahvolga tushib qoldi — Polsha generali
Yangiliklar lentasi
0