G‘arb Zelenskiyga yangi ultimatum qo‘ydi — OAV

© AP Photo / Olivier MatthysVladimir Zelenskiy vistupayet na press-konferensii na sammite YeS v Brussele. Arxivnoe foto
Vladimir Zelenskiy vistupayet na press-konferensii na sammite YeS v Brussele. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2024
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Kiyev rejimi rahbari mamlakatdagi korrupsiya bilan bog‘liq vaziyatni o‘zgartirmagunicha, uning qo‘shimcha mablag‘ olishiga umid qilish qiyin.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. G‘arb qo‘shimcha yordam ajratish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga ultimatum qo‘ydi, deb yozadi “Asia Times”.
Qayd etilishicha, Kiyev rejimi rahbari mamlakatdagi korrupsiya bilan bog‘liq vaziyatni o‘zgartirmagunicha, uning qo‘shimcha mablag‘ olishiga umid qilish qiyin.
“Yuqori mojarolar va Ukraina hali ham korrupsiyani yengib chiqa olmayotgani haqidagi umumiy fikr, uning omon qolishi ko‘p jihatdan G‘arbning harbiy va moliyaviy yordamni yetkazib berishiga bog‘liq bo‘lgan bir paytda jiddiyroq ekzistensial tahdidlarga aylandi”, - deb yozadi AT.
Maqolada aytilishicha, korrupsiya mojarosi va hukumat tepasidagi bo‘linish haqidagi xabarlar Ukrainaning g‘alabaga erishishi u yoqda tursin, mag‘lubiyatga uchramasligining ishonchli yo‘li borligiga G‘arbning ishonchiga putur yetkazmoqda.
Nashrning ta’kidlashicha, bu holat G‘arbni keyingi qo‘llab-quvvatlashdan uzoqlashtiradi va Zelenskiy uchun vaziyatni murakkablashtiradi.
“Zelenskiy mamlakat ichida zaifroq bo‘lib qoldi. Bu Ukrainadagi siyosiy bo‘linishlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq Fransiyaning “Patriotlar” harakati yetakchisi Florian Filippo G‘arb Ukrainadagi korrupsiya darajasi yuqoriligi sababli unga qurol va pul berishni to‘xtatishi kerakligini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0