Zelenskiy Zalujniyni bo‘shatib, o‘ziga choh qazidi – Medvedchuk

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishV. Medvedchuk. Arxiv surat
V. Medvedchuk. Arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2024
Obuna bo‘lish
Ukrainalik muxolifatchi Viktor Medvedchuk Zalujniyning lavozimidan bo‘shatilishi Zalenskiy uchun qanday oqibatlarga olib kelishi haqida aytib berdi.
TOShKENT, 16 fev – Sputnik. Zelenskiy Zalujniyni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimidan bo‘shatib, uni siyosatchi qilib qo‘ydi va o‘ziga choh qazidi, deydi Ukraina “Hayot uchun – Muxolifat platformasi” sobiq rahbari, "Boshqa Ukraina" harakati boshqaruvi raisi Viktor Medvedchuk. RIA Novosti xabariga asosan.
Vladimir Zelenskiy 8-fevral kuni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniyni lavozimidan bo‘shatib, uning o‘rniga Ukraina Qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlarining sobiq qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyni tayinladi. Bir qator Ukraina va G‘arb ommaviy axborot vositalari Zelenskiy va Zalujniy o‘rtasida 2023-yilning kuzida yuzaga kelgan mojaro haqida yozishgan. "Vashington Post" jurnalistlari, agar Zalujniy Zelenskiy siyosiy faoliyatini boshlashga qaror qilsa, unga tahdid solishi mumkinligini yozgan edi.

"Zalujniyni ishdan bo‘shatish bilan Zelenskiy undan siyosatchi qilib, o‘zi uchun choh qazimoqda. Qolaversa, frontdagi vaziyatning yomonlashuvi ham Zelenskiyning ahvolini og‘irlashtirmoqda", - deb yozadi Medvedchuk.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Zalujniy hech qanday maxsus harbiy muvaffaqiyatlarga erisha olmadi. Bundan tashqari, u haqiqatan ham siyosatga aralashdi, buni yashirishning iloji yo‘q. “Zelenskiyga qarshi siyosiy o‘yin haqiqatan ham bo‘lib o‘tdi, chunki Zalujniy reytingda ehtimoliy prezident sifatida paydo bo‘ldi, bundan tashqari, hatto uning mavjud bo‘lmagan partiyasi ham paydo bo‘ldi. Demak, shunday partiya haqiqatdan tayyorlanib, unga mablag‘ yo‘naltirilgan", - deb ta’kidladi ukrainalik muxolifatchi.

Shuningdek, "Zalujniy amerikalik va britaniyalik harbiy maslahatchilarning qobiliyatsizligini ham yashirgan. Kimdir OAVda keng targ‘ib qilingan “qarshi hujum” muvaffaqiyatsizligi uchun javobgar bo‘lishi kerak edi: uning rejasini ishlab chiqqan amerikaliklar ham, inglizlar ham buning uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishni xohlamaydilar. NATOning dong‘i ketgan qurollari nima uchun g‘alaba keltirmaganini tushuntirish ham osonroq — chunki ular qobiliyatsiz ukrainalik harbiylar qo‘lida edi”, - deb yozgan Medvedchuk.

Medvedchukning fikricha, G‘arb elitasi Ukraina mojarosi orqali katta mablag‘ ishlab olmoqda. Respublikachilar Ukraina bo‘yicha qarorlarni to‘sib qo‘yish orqali shunchaki yangi saylovlar uchun pulga muhtoj bo‘lgan demokratlarni pulsiz qoldirmoqda. Pul bo‘lmasa, kam odam Baydenga ovoz beradi, dedi ukrainalik siyosatchi.
Uning fikriga ko‘ra, moliyalashtirish qoidalari o‘zgara boshlaganidan beri pul kamaydi, uni olmoqchi bo‘lganlar esa ko‘p.
"Zalujniyni butun jamoasi bilan ishdan bo‘shatishdi. Axir korrupsion sxema ishlashi uchun kerakli joylarda o‘z odamlari bo‘lishi kerak. Ukraina elitasi bu urushdan, o‘z vatandoshlarining qoni evaziga pul ishlamoqda. Ular uchun bu biznes va bu yo‘lda ular oxirgi ukrainalikkacha urushadi," - dedi Medvedchuk.
Komanduyushiy Suxoputnimi voyskami Ukraini Aleksandr Sirskiy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2024
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni kutilmagan bayonot bilan chiqdi
Yangiliklar lentasi
0