Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII global Janubning jadal rivojlanayotgan mamlakatlari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlagi stran YeAES
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2024
Obuna bo‘lish
Andrey Slepnev: YeOIIning boshqa davlatlar bilan umumiy erkin savdo zonasi 2 milliarddan ortiq iste’molchini qamrab oladi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Yevrooisyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) global Janubidagi jadal rivojlanayotgan mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) savdo vaziri Andrey Slepnyov “Yangi zamonlar uchun kuchli g‘oyalar” forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi YeIK matbuot xizmati.
Uning so‘zlariga ko‘ra, global Janub mamlakatlari bilan hamkorlik vositalari savdo kelishuvlari, logistika, moliya va texnologiya hisoblanadi. Slepnyovning ta’kidlashicha, o‘tgan yili savdo aylanmasi deyarli 10 foizga o‘sgan, yana bir rekordga erishilgan - bularning barchasi sanksiyalar va cheklovlar sharoitida. Milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitoblar 90 foizdan oshdi.
© OTROSHKO SERGEY / YeEKYevroosiyo iqtisodiy komissiyasi savdo vaziri Andrey Slepnev
Andrey Slepnev, ministr po torgovle Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2024
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi savdo vaziri Andrey Slepnev
“Mavjud barcha muammolarga qaramay, bizning umumiy mexanizmlarimiz yaxshi istiqbollar beradi. Bu shartlarda kim bilan gaplashishimiz mumkin? Avvalo, global Janubining jadal rivojlanayotgan mamlakatlari bilan”, — dedi YeIK savdo vaziri.
U, shuningdek, o‘tgan dekabr oyida Eron bilan imzolangan ulkan erkin savdo shartnomasini eslatdi. Uning sharofati bilan bugungi kunda erkin savdo zonalaridagi hamkorlar bilan birgalikda qariyb 300 million kishini tashkil etuvchi bozor yana 90 millionga o‘sdi. Hozirda Misr, BAA, Indoneziya bilan faol muzokaralar olib borilmoqda, Mo‘g‘uliston bilan muzokaralar boshlanmoqda, ufqda esa - Hindiston yo‘nalishi.

“Ya’ni jami biz ushbu dasturni tugatgandan so‘ng 2 milliarddan ortiq iste’molchi uchun erkin savdo zonasiga ega bo‘lamiz. Bu haqiqatan ham rivojlanish uchun jiddiy zamin”, – dedi Slepnyov.

Shu bilan birga, YeIK savdo vaziri Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida dunyoda hamfikrlar ko‘pligini ta’kidladi.
“Agar, masalan, “Shimol-Janub” iqtisodiy yo‘lagini oladigan bo‘lsak, YeOII, Eron va Hindiston import o‘rnini bosuvchi dasturlar va o‘zlarining texnologik platformalarini faol ishlab chiqmoqda. Xitoy buni allaqachon keng miqyosda amalga oshirgan ", — dedi u.
Shunday qilib, kelajakdagi texnologiyalar uchun tabiiy hamkorlik haqida gapirish mumkin, deya xulosa qildi YeIK savdo vaziri.
Yangiliklar lentasi
0