Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari haqida muhim bayonot berdi

© AP Photo / Efrem LukatskyPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2024
Obuna bo‘lish
Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari AQSh yordamisiz mudofaasini ushlab turolmasligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari AQSh yordamisiz o‘zini himoya qila olmaydi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Odamlar tayyor bo‘ladi, lekin o‘q-dorilar tayyor bo‘lmaydi, brigadalar tayyor bo‘lmaydi... nafaqat bizning qarshi hujumimizga, balki ular mudofaaga, kuchli bo‘lishga tayyor bo‘lmaydi. Bu juda qiyin bo‘ladi", — dedi u.
Zelenskiy Ukrainaning jang maydonidagi pozitsiyasi AQSh yordamiga bog‘liqligini qo‘shimcha qildi.
“Harakat, muvaffaqiyat, yuksalish – hammasi AQShga bog‘liq”, — deydi u.
Amerika rasmiylarining ta’kidlashicha, dekabr oyida ular Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ni tugatgan va Kongress yangi ajratmalarni tasdiqlamaguncha, ular qurol va o‘q-dorilar bilan ta’minlay olmaydi.
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2024
Zelenskiy AQSh yordam bermasa, uning B rejasi yo‘qligini tan oldi
Yangiliklar lentasi
0