Badiiy gimnastika: o‘zbekistonlik sportchi xalqaro musobaqada 3 ta medalga ega chiqdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaTaxmina Ikromova, arxiv surat.
Taxmina Ikromova, arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2024
Obuna bo‘lish
Badiiy gimnastika bo‘yicha Gran-pri musobaqasi Taxmina Ikromova 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Ispaniyada bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Gran-pri musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi 3 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ispaniyaning Marbelya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Parij-2024 litsenziati Taxmina Ikromova 3 ta kumush medalga ega chiqdi.
“Hamurtimiz musobaqada ko‘pkurash, to‘p, va bulavadagi mashqlarda ikkinchi o‘rinni egalladi”, — deyiladi xabarda.
Demak, ko‘pkurash bo‘yicha birinchi o‘rinni bolgariyalik Stilyana Nikolova (132.169 ball), ikkinchini o‘rinnni o‘zbekistonlik Taxmina Ikromova (128.369), uchinchi o‘rinni esa germaniyalik Darya Varfolomeyev (127.936) qo‘lga kiritdi.
To‘p:
Eljana Taniyeva (Qozog‘iston) – 33.400;
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 32.600;
Yekaterina Vedeneyeva (Sloveniya) – 32.200.
Bulava:
Stilyana Nikolova (Bolgariya) – 34.550;
Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 32.550;
Yeva Brezaliyeva (Bolgariya) – 35.550 (0.05 jarima).
Yangiliklar lentasi
0