O‘zbekiston va Qirg‘iziston umumiy chegarani demarkatsiya qilish masalalarini muhokama qildi

© Sputnik / Tabyldy Kadyrbekov / Mediabankka o‘tishSotrudniki pogranichnoy slujbi Kirgizii
Sotrudniki pogranichnoy slujbi Kirgizii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2024
Obuna bo‘lish
O‘shda ikki davlat ishchi guruhlarining chegara demarkatsiyasi masalalari bo‘yicha navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston umumiy chegarani demarkatsiya qilish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston janubidagi O‘sh shahrida ikki davlat ishchi guruhlarining chegara demarkatsiyasi masalalari bo‘yicha navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.
“Yig‘ilishda 2023-yilga mo‘ljallangan ishlar yakunlari sarhisob qilindi, 2024-yilga mo‘ljallangan uchrashuvlar jadvali tasdiqlandi, Qirg‘iziston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish, demarkatsiya xaritalari va maxsus umumiy geodeziya tarmog‘ini yaratish masalalari muhokama qilindi” — dedi matbuot xizmati vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar “do‘stlik va o‘zaro tushunish muhitida” o‘tgan va uchrashuv yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolangan.
“Ishchi guruhlarning navbatdagi yig‘ilishi O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi”, — deya aniqlik kiritdi Vazirlar Mahkamasi.
O‘zbekistonliklar Qirg‘izistonda ishlash uchun ruxsatnomani qanday olishlari mumkin — qo‘llanma
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani demarkatsiya qilish bo‘yicha hujjatlarni tasdiqladi
Sostoyalas vstrecha delegatsiy pravitelstv Uzbekistana – Kitaya – Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2024
O‘zbekiston – Xitoy – Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi o‘tkazildi
Yangiliklar lentasi
0