O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan mintaqalararo hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi

© freepik / rawpixelDelovoe sotrudnichestvo.
Delovoe sotrudnichestvo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2024
Obuna bo‘lish
Ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan mintaqalararo hamkorlikni faollashtirish masalalarini muhokama qildi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekistonning O‘sh shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Qirg‘iziston prezidentining Jalolobod viloyatidagi vakolatli vakili Absattor Sirgabayev bilan uchrashdi.
Unda Jalolobod va Namangan viloyatlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish "Yo‘l xaritasi" ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar chog‘ida Qirg‘iziston tomoni viloyat, uning iqtisodiy salohiyati va o‘zaro hamkorlikdagi o‘sish nuqtalari haqida ma’lumot berdi.
Aytilishicha, tegishli "Yo‘l xaritasi" ijrosi doirasida ikki viloyat rasmiy idoralari, ishbilarmon doira hamda ilm-fan va madaniyat sohalari vakillari o‘rtasida uchrashuv va muloqotlar tashkil etilmoqda.

"Uchrashuv yakunida joriy yil davomida ikki viloyat tadbirkorlari va sayyohlik sohasi vakillari o‘rtasida biznes-forum, B2B uchrashuvlar va info-turlar tashkil etish masalalarini hamkorlikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi",— deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yilda ikki marta tadbirkorlar o‘rtasida ikki tomonlama biznes-forum o‘tkazib kelinmoqda. Masalan o‘tgan yilda o‘tkazilgan tadbirlar doirasida turli korxonalar o‘rtasida 10 million dollarlik shartnomalar imzolandi. Turizm sohasidagi hamkorlik ham jadal rivojlanmoqda – 2023-yilda Jalolobod viloyatiga O‘zbekistondan 10 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurdi.
Yangiliklar lentasi
0