Endi barcha “Muruvvat” uylarida uchrashuv xonalari tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident navestil detey v dome “Muruvvat”
Prezident navestil detey v dome “Muruvvat”
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2024
Obuna bo‘lish
Og‘ir darajadagi kasalliklari mavjud bolalar uchun “G‘amxo‘rlik guruhi” tashkil etiladi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Barcha “Muruvvat” uylarida uchrashuv xonalari tashkil etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev nogironligi bo‘lgan bolalar uchun 1-sonli “Muruvvat” internat uyini borib ko‘rdi. Qayd etilishicha, so‘nggi besh yilda “Muruvvat” uylariga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar 3 barobardan oshgan.
“O‘tgan yili bunday muassasalar uchun davlat budjetidan 624 milliard so‘m ajratildi. Shuningdek, ularni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash uchun avvalgiga qaraganda ikki barobardan ortiq mablag‘ berilmoqda”, — deyialdi xabarda.
Muassasada ruhiyatida sezilarli nuqsoni bor 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladi. Bugungi kunda 299 nafar o‘g‘il-qiz vasiylikka olingan. Ularga 334 nafar xodim, jumladan, malakali pedagog, defektolog va shifokorlar yordamlashmoqda.
Prezident ijtimoiy xizmat xodimlari ishini e’tirof etib, bolalarga mehr-muruvvati uchun minnatdorlik bildirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV maxalle Dilbulok sarit atmosfera Navruza
V maxalle Dilbulok sarit atmosfera Navruza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2024
V maxalle Dilbulok sarit atmosfera Navruza
“Bolalarimizga yaxshi qarayotganingiz uchun katta rahmat sizlarga. Bu og‘ir mehnat, lekin juda savobli va kerakli mehnat, – dedi davlat rahbari.
Endilikda “Muruvvat” uylari zamonaviy reabilitatsiya jihozlari bilan ta’minlanib, o‘z ishini yangi konsepsiya asosida yo‘lga qo‘yadi. Unga ko‘ra, bolalar individual rivojlanish dasturlari asosida jamiyatga integratsiya qilinadi. Barcha “Muruvvat” uylarida uchrashuv xonalari tashkil etiladi.
Shuningdek, “Qo‘llab-quvvatlash klublari” tuzilib, malakali mutaxassislar vasiylarga nogironligi bo‘lgan bolani parvarishlash, oila sharoitida tarbiyalash va jamiyatga moslashtirish bo‘yicha bilimlar beradi.
Alohida ta’limga tavsiya berilmagan, og‘ir darajadagi kasalliklari mavjud bolalar uchun “G‘amxo‘rlik guruhi” tashkil etiladi. Barcha hududiy reabilitatsiya markazlarida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun shunday xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0