Germaniya BMPsi Rossiya askarlari qo‘lida — video

Obuna bo‘lish
Rossiya askarlari Rheinmetall AG konserni tomonidan ishlab chiqilgan BMPning xususiyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Avdeyevka yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi askarlari tomonidan qo‘lga kiritilgan yengil shikastlangan Marder piyodalar jangovar mashinasi ta’mirdan so‘ng jang maydoniga qaytdi.
Ta’mirlash bo‘yicha mutaxassislar yoqilg‘i tizimi va sovutish tizimining shikastlangan quvurlarini almashtirdilar va yoqilg‘i nasoslarini almashtirdilar. Shuningdek, ular radiatorni ta’mirladilar.
Rossiya askarlari Germaniyada Rheinmetall AG konserni tomonidan ishlab chiqilgan BMPning xususiyatlari haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.
BMP 20 mm.li avtomatik pushka va pulemot bilan jihozlanadi. Zirh qalinligi 45 mm. Korpus ichida 3 nafar ekipaj a’zosi va 7kishigcha desant joylashishi mumkin. Korobka avtomat.
"Uning korpusi keng, bu ancha qulay, lekin mashina og‘ir va zanjirida maxsus tishlar yetishmaydi. Shu sababli Rossiya va Ukraina sharoitida u tez-tez loyga botib qolishi mumkin", - deydi askarlardan biri.
Nemis piyodalar jangovar mashinasi "Markaz" kuchlari guruhining ta’mirlash bo‘linmasi ixtiyoriga topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0