Toshkentda dzudo bo‘yicha Osiyo ochiq kubogi boshlandi

Dzudo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2024
Obuna bo‘lish
Musobaqalarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan jami 800 ga yaqin dzudochilar ishtirok etadi.
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Bugun Toshkentda dzudo bo‘yicha Osiyo ochiq kubogi boshlandi, deb xabar qilmoqda Sportni rivojlantirish vazirligi.
Musobaqalar 11-14 aprel kunlari "Universal" sport saroyida bo‘lib o‘tadi. Dastlabki ikki kunda o‘smirlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinsa, so‘ngi kunlar yoshlar o‘rtasidagi bahslar guvohiga aylanamiz.
Bellashuvlarda mamlakat sportchilaridan tashqari qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston Tojikistondan kelgan dzudochilar ham g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda. Musobaqada jami 800 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etadi.
O‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi musobaqalar Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, ular bir necha yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
Osiyo ochiq kubogining bahslarini Youtube orqali jonli tomosha qilish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0