Sport — uzoq va faol umr garovi!

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Velosiped minish — ishtahani yaxshilaydi, uyquni meyorlashtiradi va sog‘lom ozish usulidir, deydi veloyurish ishtirokchisi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekistonda keksalar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan "Keksalar haftaligi" sport tadbirlarida 30 mingga yaqin kishi ishtirok etdi.
Xususan, Farg‘onada keksa yoshdagi sportsevarlar orasida veloyurish, basketbol, shaxmat, gimnastika va boshqa sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
"2011 yildan buyon velosport bilan shug‘ullanaman. Velosiped minish - ishtahani yaxshilaydi, uyquni meyorlashtiradi va sog‘lom ozish usuli", - deydi veloyurish ishtirokchisi Karimjon Hakimov.
Unda hududlarda istiqomat qiluvchi keksa onaxon va otaxonlar ishtirok etib, yoshlarga ibrat namunasini ko‘rsatishmoqda.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston videosida.
Yangiliklar lentasi
0