Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda qanday kutib olindi — foto

© Press-slujba prezidenta TadjikistanaEmomali Raxmon lichno vstretil Shavkata Mirziyoyeva, pribivshego s gosudarstvennim vizitom v Tadjikistan, peredayet press-slujba glavi RT.
Emomali Raxmon lichno vstretil Shavkata Mirziyoyeva, pribivshego s gosudarstvennim vizitom v Tadjikistan, peredayet press-slujba glavi RT. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Dushanbe xalqaro aeroportida kutib olindi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Tojikistonga keldi. Dushanbe xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi, deya xabar berdi mamlakat rahbarining matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston yetakchisini munosib kutib olish uchun aeroport maydoni davlat rahbarlarining portretlari, Tojikiston va O‘zbekiston shiorlari va davlat bayroqlari bilan bezatildi. Shuningdek, prezidentlarni ko‘plab yoshlar gullar va ikki do‘st davlat bayroqlari bilan qarshi olishdi.

"Suhbat chog‘ida davlat tashrifi yakunlari mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik, do‘stlik, strategik sheriklik va hamjihatlikni mustahkamlash va kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi", — deyiladi xabarda.

So‘ng Prezident “Do‘stiy” maydoniga tashrif buyurib, Ismoil Somoniy haykali poyiga gul qo‘ydi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Respubliki Uzbekistan pribil v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Respubliki Uzbekistan pribil v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Respubliki Uzbekistan pribil v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Respubliki Uzbekistan pribil v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Prezident Respubliki Uzbekistan pribil v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
5/5
1/5
2/5
3/5
4/5
5/5
Tashrif dasturida ikki mamlakat san’at ustalarining konsertini birgalikda tomosha qilish hamda "Made in Uzbekistan" mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.
Davlat tashrifi doirasida bir qator tadbirlar, shu jumladan xotin-qizlar forumi, O‘zbekiston kinosi kunlari, ziyolilar, olimlar va tarixchilar konferensiyasi, milliy taomlar va turizm salohiyati festivali bo‘lib o‘tdi.
Avvalroq Toshkent shahrida Rektorlar forumi va Dushanbe shahrida biznes forumi o‘tkazilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Muzokaralar yakunida turli sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bitimlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Lideri Uzbekistana i Tadjikistana obsudili voprosi dvustoronney povestki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2024
Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifidan nimalar kutilmoqda?
Yangiliklar lentasi
0