Shveysariya neytral davlatdan dushmanga aylandi — Lavrov

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishIntervyu Sergeya Lavrova radiostansiyam Sputnik, "Komsomolskaya pravda" i "Govorit Moskva"
Intervyu Sergeya Lavrova radiostansiyam Sputnik, Komsomolskaya pravda i Govorit Moskva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2024
Obuna bo‘lish
G‘arb davlatlari Shveysariyada Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarga tayyorlanmoqda, lekin Shveysariya bizga to‘g‘ri kelmaydi, chunki u o‘zining neytral maqomini yo‘qotdi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Shveysariya neytral davlatdan ochiq dushmanga aylandi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bir necha radiostansiyalarga bergan intervyusida.
"Shveysariya neytral davlatdan ochiq dushmanga aylandi va shuning uchun Rossiya ishtirokida muzokaralar maydoni roliga mos kelmaydi.
Oldin Jeneva yoki Veneda bunday muzokaralar o‘tkazish qulay edi. Lekin so‘nggi yillarda Shveysariya mutlaq dushmanga aylandi. U bizga qarshi barcha majburiy va majburiy bo‘lmagan sanksiyalarga qo‘shildi", - dedi Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, G‘arb davlatlari tashabbusi bilan iyun oyida Shveysariyada Ukrainada tinchlik o‘rnatishga qaratilgan "Tinchlik muzokaralari" bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ayni damda G‘arb davlatlari jon jahdi bilan imkon qadar ko‘proq davlatlarni ushbu muzokaralarga jalb qilishga urinmoqda. Yaqinda Germani bosh vaziri Sholsning Pekinga tashrifi ham aynan ushbu maqsadni ko‘zlagan edi.
Bugun Moskvada Lavrov Sputnik radiosi, “Komsomolskaya pravda” va “Govorit Moskva" radiostansiyalariga intervyu bermoqda.
Yangiliklar lentasi
0