Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGori Baysuna
Gori Baysuna - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2024
Obuna bo‘lish
Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M39 yo‘lining 60km uchastkasi xalqaro moliya tashkilotlari krediti evaziga to‘liq qayta quriladi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. M39 Toshkent – Termiz avtomobil yo‘lining Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidan o‘tgan bir qismi qayta quriladi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ma’lum qildi.
"Xalqaro ahamiyatdagi M39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” magistral avtomobil yo‘lining 1255-1315 km qismini ta’mirlashga 153,9 mln dollar miqdoridagi qarz mablag‘i ajratiladi.
Xalqaro ahamiyatdagi M39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” magistral avtomobil yo‘lining 1255-1315 km (60 km) qismi 25 ming aholi istiqomat qiluvchi Dexqonobod tumani markazi Qorashina shaharchasidan o‘tgan bo‘lib, yo‘l bo‘yida aholi uylari, maktablar, kolejlar va boshqa ijtimoiy obyektlar zich joylashgan.
Yuqoridagi uchastkani to‘liq qayta qurish maqsadida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi bilan birgalikda qayta qurish loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihani amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hamda Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtasida jami 153,9 mln dollar miqdoridagi mablag‘larini ajratish to‘g‘risida qarz bitimlari imzolangan.
Islom Taraqqiyot Banki qarz mablag‘lari 5-yillik imtiyozli davr bilan 20-yilga ajratilmoqda. OPEK jamg‘armasi qarz mablag‘lari 5-yillik imtiyozli davr bilan 20-yilga ajratilmoqda", - deyiladi xabarda.
Toshkent-Termez avtomobil yo‘li - Markaziy Osiyo orqal o‘tgan eng muhim xalqaro yo‘llardan biri bo‘lib, O‘zbekiston hukumati uni bir necha yildan buyon ta’mirlash va sifatini yaxshilashga harakat qilib kelmoqda. Xususan, 2015-2016 yillarda ushbu yo‘lning uch bo‘lagi 1330-1395km, 1400-1410, 1426 —1451 kilometrlari 243 million dollar evaziga ta’mirlangan edi. Mablag‘ning $ 167 mln ITB tomondan, $ 76 mln O‘zbekiston hukumati tomonidan ajratilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0