O‘zbekiston va Hindiston ta’lim sohasidagi hamkorlikni faollashtirmoqchi

Flag Indii i Uzbekistana
Flag Indii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2024
Obuna bo‘lish
Dehlidagi Menejment institutida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish masalasi muhokama etildi.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalar faollashtiriladi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi va "Hindiston-O‘zbekiston" do‘stlik jamiyati vakillari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev joriy yil diplomatiya missiyasi va do‘stlik jamiyati hamkorligida amalga oshirishga qaratilgan qator loyihalarni taklif qildi.
Do‘stlik jamiyati raisi Anil Kumar Shastrining so‘zlariga ko‘ra, hamkorlikdan biri akademik sohada almashish dasturini amalga oshirishga tegishlidir.
“Biz O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining Hindistonga tashrifini tashkil qilishga tayyormiz. Bugun elchixonaga La’l Bahodir Shastri hayotiga bag‘ishlangan kitobni sovg‘a qildik. Turli adabiyot namunalarini o‘zbek va hind tillariga tarjima qilish jarayoniga ko‘maklashish ham o‘zaro aloqalarimizning muhim yo‘nalishini tashkil qilishi mumkin”, — dedi u.
Muloqotda quyidagi masalalar o‘rganib chiqildi:
La’l Bahodir Shastri nomidagi Menejment institutida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun o‘quv kurslari tashkil etish;
O‘zbekiston va Hindiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish;
ikki mamlakat kitobxonlari uchun qiziqarli bo‘lgan adabiyotlarni o‘zbek, hind va ingliz tillariga birgalikda tarjima qilish;
qo‘shma madaniy tadbirlar o‘tkazish.
Flag Indii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2024
O‘zbekiston va Hindiston ta’lim sohasida hamkorlik qilmoqchi — rejalashtirilgan tadbirlar
Yangiliklar lentasi
0