Mirziyoyev va Toqayev telefon orqali muloqot qildi — muhokama etilgan masalalar

© Press-slujba prezidenta Kazaxstana / Mediabankka o‘tishPrezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev (sleva) i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na seremonii privetstviya glav delegatsiy gosudarstv, prinimayushix uchastie v Shestom sammite Soveshaniya po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii (SVMDA)
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev (sleva) i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na seremonii privetstviya glav delegatsiy gosudarstv, prinimayushix uchastie v Shestom sammite Soveshaniya po vzaimodeystviyu i meram doveriya v Azii (SVMDA) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2024
Obuna bo‘lish
Toqayev Qozog‘istonda sodir bo‘lgan suv toshqinlari payti ko‘rsatilayotgan yordam uchun rahmat aytdi.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Qasim-Jomart Toqayev Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqiga qardoshlik birdamligi va Qozog‘istonning bir qator mintaqalarida toshqinlar bilan bog‘liq yordam ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Prezidentlar Qozog‘iston-O‘zbekiston strategik sherikligini yanada mustahkamlash, shuningdek, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy darajadagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi", — deya xabar berdi Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev qardosh Qozog‘iston yetakchisi va xalqiga ushbu mamlakat hududidagi keng miqyosli toshqinlar natijasida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.

"Bunday tabiiy ofatlar keyingi paytlarda mintaqamizda kuzatilayotgan iqlimning salbiy o‘zgarishlari oqibati ekani qayd etildi. Bu borada yaqin amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi", — deya xabar berdi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati.

Prezidentlar yaqinda Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.
Mirziyoyev va Toqayev Xivaning tarixiy obidalarini ziyorat qildi
Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar va bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2024
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi
Yangiliklar lentasi
0