“Afrosiyob” elektropoyezdi chiptalari narxi qimmatlashadi

CC BY-SA 2.0 / Dan Lundberg / 20141002_Uzbekistan_0818 SamarkandSkorostnoy poyezd "Afrosiyob" v Samarkande.
Skorostnoy poyezd Afrosiyob v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2024
Obuna bo‘lish
15 maydan boshlab "Afrosiyob" elektropoyezdlarining chiptalari narxi ekonom klass uchun 20 foiz, biznes klass uchun 30 foiz va VIP klass uchun 40 foizga oshiriladi
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. “Afrosiyob” poyezdi chiptalari narxi 15-maydan oshadi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, chiptalar narxi temir yo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash hamda yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish maqsadida oshirilmoqda.
Yangi narxlar quyidagicha bo‘ladi:
Toshkent — Buxoro (narxlar faqat bir tomon uchun)
VIP 890 ming so‘m (hozir — 636 ming so‘m)
Biznes 600 ming so‘m (462 ming so‘m)
Ekonom 403 ming so‘m (336 ming so‘m)
Toshkent — Qarshi
VIP 747 ming so‘m (534 ming so‘m)
Biznes 507 ming so‘m (390 ming so‘m)
Ekonom 338 ming so‘m (282 ming so‘m)
Toshkent — Samarqand
VIP 554 ming so‘m (396 ming so‘m)
Biznes 358 ming so‘m (276 ming so‘m)
Ekonom 244 ming so‘m (204 ming so‘m).
Eslatamiz, 20-yanvardan "Afrosiyob" elektropoyezdlari hamda "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshgandi.
Yangiliklar lentasi
0