Toshkentda Qozog‘iston bilan hamkorlikda “Ona uyi” ijtimoiy markazi ochiladi

© Natsionalnoe agentstvo sotsialnoy zashitiV Natsionalnom agentstve sotsialnoy zashiti proshla seremoniya podpisaniya memoranduma
V Natsionalnom agentstve sotsialnoy zashiti proshla seremoniya podpisaniya memoranduma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2024
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy himoya Milliy agentligi va “Ana Yyі” ijtimoiy loyihasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Qozog‘istonning “Ana Yyі” jamoat fondi hamkorligida Toshkentda “Ona uyi” ijtimoiy markazi ochiladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya Milliy agentligi xabar berdi.
Ijtimoiy himoya Milliy agentligi va “Ana Yyі” ijtimoiy loyihasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
“Hamkorlikning maqsadi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ijtimoiy va ikkilamchi yetimlikning oldini olishdagi tajriba va metodologik ko‘nikmalar almashishga qaratilgan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat”, — deyiladi xabarda.
Birinchi “Ona Uyi” ijtimoiy markazi 8-10 nafar yosh bolali ayolni qabul qilishi mumkin. Ikkinchi bosqichda Ona uyi natijalari asosida hamda O‘zbekistonning ma’lum bir mintaqasi ehtiyojlariga qarab loyihani mamlakat bo‘ylab kengaytirish belgilangan.
“Ona Uyi markazi qiyin ijtimoiy vaziyat va turli salbiy holatlarda onalarga bolalarini o‘zlari tarbiyalash imkoniyatini berish orqali yordam beradi. Bu yerda ularga ma’naviy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatiladi hamda ushbu yordam barcha zarur narsalar, xususan, uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, shuningdek, ayol va bola uchun tibbiy yordamni o‘z ichiga oladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Shu bilan birgalikda, Ona Uyi loyihasi doirasida markazda yashovchi onalarni kasbiy tayyorlash dasturi amalga oshiriladi.
Kelgusida Ona uylarida tikuvchilik ustaxonalarini ochish, onalarga turli mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim berish rejalashtirilgan. Natijada, Ona Uyi markazida bo‘lgan vaqt davomida ayollar ijtimoiylashishi, professional kasbga ega bo‘lishi hamda o‘zlari va farzandlarini ta’minlash maqsadida kelajak uchun mablag‘ topishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0